Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Chjan Ming SHHTga a’zo davlatlar rahbarlarining 15—16-sentabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan sammit oldidan tashkilotga a’zo davlatlar “Shanxay ruhi” va SHHT Xartiyasining asosiy maqsadlariga doimo qat’iy amal qilishi lozimligini eslatdi.
“Biz har doim ‘Shanxay ruhi’ va SHHT Xartiyasining asosiy maqsadlariga qat’iy rioya qilishimiz, turli bloklarga qo‘shilmaslik, har qanday uchinchi tomonga qarshi harakat qtlmaslikning asosiy tamoyillariga qat’iy rioya qilishimiz kerak. Tashkilotning birdamligini qat’iy ta’minlash va hamkorlikni rivojlantirishga intilish lozim.
SHHT ochiq tashkilot ekanini alohida ta’kidlashni istardim. Biz "Shanxay ruhi" da fikrlovchi va SHHT Xartiyasiga amal qiluvchi har qanday mamlakatning SHHT oilasiga qo‘shilishi va unga a’zo bo‘lishini qutlaymiz”, — degan SHHT bosh kotibi.