• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12603.52
    • RUB160.94
    • EUR14676.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +41°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    20 mingdan 500 ming so‘mgacha: “Xalqlar do‘stligi” saroyida yil oxirigacha o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan konsertlarga kirish qanchaga tushadi?

    “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida sentabr, oktabr, noyabr va dekabr oyida mashhur xonandalar, qiziqchi va millionlab muxlislarga ega kulgi jamoalarining konsert dasturi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Quyida kutilayotgan konsertlar va ularning chipta narxlari haqida ma’lumot beriladi.

    “Bravo” kulgi jamoasi

    “Bravo” kulgi jamoasi 10—20-sentabr kunlari “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida konsert dasturini muxlislariga taqdim etadi. Ushbu konsertning 40 ming so‘mdan 350 ming so‘mgacha sotuvga chiqarilgan. Old qatorlardagi chiptalar deyarli sotib bo‘lingan, orqa qator, qanotlar va balkondagi chiptalarni esa bemalol xarid qilish mumkin.

    Foto: “Yandeks.ru”

    Foto: “Yandeks.ru”

    “Sizga ta’zim mehridaryo ustozlar” nomli gala-konsert

    “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida 21-sentabr kuni “O‘qituvchi va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlangan “Sizga ta’zim mehridaryo ustozlar” nomli gala-konsert bo‘lib o‘tadi. Ushbu konsert dasturiga kirish uchun 30 ming so‘mdan 200 ming so‘mgacha bo‘lgan chiptalarni sotib olish mumkin. Old qator chiptalari sotib bo‘lingan, boshqa qatordagi chiptalar esa mavjud. Gala-konsertda Jenisbek Piyazov, Bahrom Nazarov, Shohruxxon, Asal Shodiyeva, Zohirshoh Jo‘rayev, Lola, Bunyodbek Saidov va boshqa estrada yulduzlari ishtirok etadi.

    Ozod Shukrulloyev

    Aktyor, yumorist, instabloger Ozod Shukrulloyev 22-sentabr kuni “Xalqlar do‘stligi”da “Stand up shou”sini o‘tkazadi. Chiptalarni 20 ming so‘mdan 200 ming so‘mgacha xarid qilish mumkin. Deyarli barcha o‘rinlardagi: old, o‘rta, orqa qatorlar, balkon, qanotdagi chiptalarni sotib olsa bo‘ladi.

    Foto: Instagram /@zod.sh_official

    Foto: Instagram /@zod.sh_official

    Janob Rasul 

    “Yomonsan”, “Yolg‘on dunyo”, “Super”, “Kabutarim” kabi xit taronalar ijrochisi Janob Rasulning konsert dasturi 28—29-sentabr kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Konsert dasturi to‘liq jonli ijroda muxlislarga taqdim etiladi. Xonandaning konsert dasturidagi chiptalar narxi 25 ming so‘mdan 350 ming so‘mgacha qilib belgilangan. Old qator va balkondagi joylar deyarli sotib bo‘lingan, o‘rta qator, orqa qator va qanotlardagi chiptalarni esa bemalol xarid qilish mumkin.

    Foto: “Yandeks.ru”

    Foto: “Yandeks.ru”

    Sherali Jo‘rayev va Zohirshoh Jo‘rayev

    O‘zbekiston va Tojikiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev 10—12-oktabr kunlari o‘g‘li Zohirshoh Jo‘rayev bilan birga o‘zining 75 yillik yubileyiga bag‘ishlangan “Sherlar makoni” nomli konsert dasturini o‘tkazadi. Ushbu konsert dasturining chiptalarining narxi boshqa xonandalarnikiga nisbatan balandroq, ya’ni ularni 40 ming so‘mdan 500 ming so‘mgacha xarid qilish mumkin. Bu konsertga kirish chiptalarini topish muammo emas.

    Foto: “Yandeks.ru”

    Foto: “Yandeks.ru”

    Nilufar Usmonova 

    Xonanda Nilufar Usmonova 15—16-oktabr kuni ilk yakkaxon konsert dasturini muxlislariga taqdim etadi. Uning konsertiga kirish chiptalari narxi 35 ming so‘mdan 350 ming so‘mgacha. Hozirda old qatorlardagi chiptalar sotib bo‘lingan, biroq orqa qator va balkon chiptalarini xarid qilish imkoniyati bor. Qizig‘i, ushbu xonandaning konsertiga kirish chiptalari umumiy kassada emas, alohida kassada sotilmoqda.

    Foto: Instagram /@nilufarusmonova

    Foto: Instagram /@nilufarusmonova

    “Million” kulgi jamoasi

    “Million” kulgi jamoasining bir yil hisobida ikkinchi bor o‘tkazilishi kutilayotgan konsert dasturi 18—30-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Konsertga kirish chiptalarining narxi 40 ming so‘mdan 450 ming so‘mgacha qilib belgilangan. Balkondagi ko‘plab joylarning chiptalari sotib bo‘lingan, boshqa qatorlardagi chiptalarni esa xarid qilish mumkin.

    Foto: “Yandeks.ru”

    Foto: “Yandeks.ru”

    Bahrom Nazarov

    Xonanda Bahrom Nazarov noyabr oyining ilk kunlarida, ya’ni 2—6-noyabr kunlari “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyidagi navbatdagi konsertini muxlislarining e’tiboriga havola etadi. Konsertning chiptalari sotuvga chiqqaniga hali bir oy ham bo‘lmagan, biroq chiptalar deyarli sotib bo‘lingan. Faqat o‘rta qator va balkon chiptalarini sotib olish mumkin. Konsertga kirish uchun chiptalar narxi 30 ming so‘mdan 300 ming so‘mgacha qilib belgilangan.

    Foto: Instagram /@bahromnazarovofficial

    Foto: Instagram /@bahromnazarovofficial

    Ulug‘bek Rahmatullayev

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ulug‘bek Rahmatullayevning “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyidagi konserti 9—15-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Xonandaning konsert dasturiga kirish chiptalari narxi 20 ming so‘mdan 350 ming so‘mgacha etib belgilangan. Old qatordagi chiptalar deyarli sotib bo‘lingan, boshqa qatorlar va balkon chiptlarini esa bemalol xarid qilish mumkin.

    Foto: Instagram /@ulugbekrahmatullayev

    Foto: Instagram /@ulugbekrahmatullayev

    Dostonbek Ergashev 

    Muxlislariga “Ko‘zmunchog‘im”, “Uylanamiz”, “Dada” nomli taronalari bilan yaxshi tanish bo‘lgan xonanda Dostonbek Ergashev 16—17-noyabr kunlari konsert dasturini taqdim etadi. Uning konsert dasturiga kirish chiptalarini 30 ming so‘mdan 350 ming so‘mgacha xarid qilish mumkin. Old qator chiptalari sotib bo‘lingan, o‘rta, orqa qator, balkon va qanot chiptalari esa serob.

    Foto: Instagram /@dostonergashevofficial

    Foto: Instagram /@dostonergashevofficial

    Avaz Oxun 

    Qiziqchi Avaz Oxunning “Xalqlar do‘stligi”dagi konsert dasturi 18—23-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Konsertga kirish uchun 25 ming so‘mdan 350 ming so‘mgacha bo‘lgan chiptalarni sotib olish mumkin. Uning deyarli barcha kunda namoyish etiladigan konsert chiptalarini topish mumkin.

    Foto: Instagram /@avaz_oxun_official

    Foto: Instagram /@avaz_oxun_official

    Jasurbek Mavlonov

    Xonanda Jasur Mavlonov 29—30-noyabr kunlari “Yana sog‘inch” nomli konsert dasturini muxlislariga havola etadi. Chipta narxlari 20 ming so‘mdan 250 ming so‘mgacha qilib belgilangan. Old qatordagi ayrim chiptalar sotib bo‘lingan. Umuman olganda, xonandaning konsertiga chipta topish muammo emas.

    Foto: Instagram /@jasurbekmavlonov_

    Foto: Instagram /@jasurbekmavlonov_

    “Dizayn” kulgi jamoasi konserti

    “Dizayn” kulgi jamoasi 4—13-dekabr kunlari “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida navbatdagi konsertini namoyish qiladi. Konsertga kirish uchun 40 ming so‘mdan 350 ming so‘mgacha bo‘lgan chiptalarni xarid qilish mumkin. Ushbu konsert dasturiga kirish chiptalari endi sotila boshlagan, shuning uchun barcha kunlardagi istalgan qatordagi chiptalarni sotib olish mumkin.

    Foto: “Yandeks.ru”

    Foto: “Yandeks.ru”

    Ma’lumot uchun, kassada bo‘lmagan konsert chiptalarini ko‘chadan topsa bo‘ladi, biroq narxlar kassaga qaraganda biroz balandroq bo‘lishi mumkin.

    Mavzuga doir: 

    • Jasur Umirovdan “Million” va Yulduz Usmonovagacha. “Xalqlar do‘stligi”da o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan konsertlarga kirish qanchaga tushadi?
    • 25 mingdan 1,5 million so‘mgacha: “Xalqlar do‘stligi” saroyida yil oxirigacha o‘tkaziladigan konsertlarga kirish qanchaga tushadi?

    09.09.2022, 19:50   Izoh (0)   33905
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Dunyodagi millionlab insonlarning qalbini zabt eta olgan qirolicha Yelizaveta II qanday inson edi? (foto)

    09.09.2022, 17:48

    Mansur Agaliyev, Halima Ibragimova, Muqaddas Sa’dullayeva va boshqa o‘zbek san’atkorlarining tomoshabin payqamagan rollari (foto, video)

    09.09.2022, 16:44

    Poshna o‘rniga havo shari: Ispaniyada noodatiy dizaynga ega tufli namoyish etildi (foto)

    09.09.2022, 15:52

    Nima uchun Yelizaveta II o‘z o‘limiga yoshligidan tayyorgarlik ko‘ra boshlagan?

    09.09.2022, 14:48

    Qirolicha Yelizaveta II ning moda tarixida o‘chmas iz qoldirgan eng yorqin obrazlari (foto)

    09.09.2022, 13:49

    Video: “Uddalab bo‘lmas topshiriq” filmi syomkasida ehtiyot choralarisiz aeroplanda parvoz qilayotgan Tom Kruz

    09.09.2022, 12:49
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 

     

    Tavsiya etamiz

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Olimlar saratonga qarshi “universal” vaksina ishlab chiqdi

    Dunyo | 22 iyul, 11:38

    Qirg‘izistondagi YTHda 18 yoshli o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

    O‘zbekiston | 22 iyul, 11:22

    Instagram: Turmushga chiqayotgan Ruxshona, qoidabuzar Shahlo Zoirova, “Qalpoq”chilar Jo‘rabek Norqulovni xotirladi

    Madaniyat | 22 iyul, 11:17

    Polshada yirik neft va gaz koni topildi

    Dunyo | 22 iyul, 11:04

    Jigarni asrashga yordam beruvchi 7 ta oson tayyorlanadigan ichimlik

    Retseptlar | 22 iyul, 10:51

    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi

    Reklama | 22 iyul, 09:00

    O‘zbekiston JSTga qo‘shilish bo‘yicha Shveysariya bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi

    O‘zbekiston | 22 iyul, 10:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.