Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ko‘pincha kino yulduzlari osmon jismlari kabi uzoqda bo‘lib tuyuladi. Ammo aslida ular uchun yerdagi hech narsa begona emas. Masalan, ko‘plab tomoshabinlar Dueyn Jonson o‘zi uchun qadrli odamlarni hech qachon unutmaydigan oddiy odam ekanligiga guvoh bo‘lgan. U onasini juda qadrlaydi va yaqinda unga uy sovg‘a qilib, yana bir orzusini amalga oshirdi. AdMe nashri Dueyn Jonsonning shon-shuhrat yo‘li va onasining orzusini qanday amalga oshirgani haqida ma’lumot berdi.

Uning bolaligi qiyin kechgan

Dueyn Jonson 1972-yilda Kaliforniyada Ata va Rokki Jonson oilasida tug‘ilgan. Bolaligida uning hayoti qiyinchiliklar bilan o‘tgan. Aktyorning otasi professional kurash bilan shug‘ullangan va uning oilasi tez-tez ko‘chib yurgan, bu esa onasiga doimiy ish topishiga to‘sqinlik qilgan. Bir kuni Dueynning ota-onasida Shukronalik kuni uchun dasturxon yozishga puli qolmagan.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Jonson o‘rta maktabda o‘qib yurgan paytlari tez-tez muammoga duch kelgan. U futbol bilan shug‘ullana boshlaydi, biroq bu mashg‘ulot uni o‘ziga jalb qila olmadi. Bundan tashqari, Dueynning otasi bilan munosabati juda murakkab edi. Otasi ishi tufayli ko‘p sayohat qilar edi va shu sabab onasi o‘g‘liga yolg‘iz o‘zi qaragan.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Yoshligida Dueyn onasiga yaxshi hayotni ta’minlashga qasam ichgan

Dueynning onasi uni yolg‘iz o‘zi tarbiyalashda qiynalgan. Bu haqda Jonson shunday deydi: “Bir kuni onam bilan uyga qaytganimizda eshikda qulf hamda ko‘chishimiz haqidagi xabarnoma borligini ko‘rdik. Keyin esa onam yig‘lay boshladi”, — deydi aktyor.

Shuning uchun ham Ata o‘z uyiga ega bo‘lishni orzu qilgan. Muntazam ko‘chishlar xotirasi sabab Dueyn hayotida o‘zgarishlar qilishni boshlashga qaror qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu lahza burilish nuqtasi edi.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Shundan so‘ng, Jonson astoydil futboldagi karyerasini qurishga harakat qildi, lekin tobora tushkunlikka tushdi va orzularini amalga oshira olmadi. Keyinchalik u “Men hech narsa qilishni xohlamasdim”, — degan edi.

Dueyn 1996-yilda otasining izidan borishga qaror qiladi va WWE'dagi debyutini o‘tkazadi. Shunday qilib, u kurashda o‘z o‘rnini topdi va oxir-oqibat The Rock laqabini oldi.

Bu voqeadan keyin Dueyn Jonson hayotini o‘zgartirdi.

Dueyn Jonsonning kurashdagi karyerasi yaxshi rivojlangandi, u keyinchalik WWE tarixidagi eng mashhur kurashchilardan biriga aylandi. Kasbi unga nihoyat bu hayotda barqarorlikni topishga imkon berdi.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Kurashchi karyerasidan aktyorlikka o‘tish juda tez sodir bo‘ldi

Kurash ishtiyoqi va shon-shuhratiga qaramay, Dueyn ko‘proq narsani xohlar edi. Nihoyat, ambitsiya uni Gollivudga olib keldi. Uning kino olamdagi dastlabki muvaffaqiyati kurashchi sifatidagi martabasi bilan bog‘liq bo‘lgan. Keyinchalik, Jonson “Mumiyo qaytmoqda”, “Forsaj” kabi katta budjetli loyihalarda rol o‘ynadi.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Jonson onasining o‘z uyiga ega bo‘lish orzusini amalga oshira oldi

Jonson yillar davomida uni qo‘llab-quvvatlagan onasini hech qachon unutmadi va bergan tarbiyasi uchun unga minnatdorchilik bildirdi. Aktyor 2015-yilda ijtimoiy tarmoqda ta’sirli post joylagan. Dueyn onasidan baxtlimi yoki baxtli emasligini so‘ragan. Uning onasi esa “Ilgari men ikkalamizga oziq-ovqat sotib olishga qurbim yetarmikan, deb tashvishlanardim, hozir esa shunchaki oldimga nonushta qo‘yib ketishdi”, — deb javob bergan.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Yaqinda aktyor ijtimoiy tarmoqlarda onasining yangi uyi aks etgan videoni joylashtirdi. U: “Kichikligimda onamning yig‘layotganini ko‘rish men uchun og‘ir edi. Endi men uning faqat baxtdan yig‘lashini xohlayman”, — deb izoh qoldirgan edi. Dueyn, shuningdek onasi kunlardan birida “Hayotimdagi ko‘plab ko‘chishlardan keyin men nihoyat o‘z uyimga ega bo‘lishni xohlayman, bu mening orzum”, — deganini eslaydi.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Aktyor onasining o‘z hayotida qanday rol o‘ynaganini hech qachon unutmaydi

Dueyn onasi bilan boshdan kechirgan qiyinchiliklarini doimo yodda tutadi. “O‘ylashimcha, agar yaxshi onaning farzandi bo‘lsang, senda g‘amxo‘r inson bo‘lish imkoniyati bor”, — deb yozgandi u. Vanihoyat kurash va doimiy ko‘chishlar ichida o‘tgan hayotdan so‘ng ona va o‘g‘ilda ular uy deb atashi mumkin bo‘lgan makon paydo bo‘ldi.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Hindistonda voyaga yetmagan qizlarga uylanishda ayblanib, 2 mingdan ortiq erkak hibsga olindi
Dunyo
AQSH harbiylari mamlakat osmonida uchayotgan Xitoy sharini urib tushirdi. Pekin norozilik bildirdi (video)
Dunyo
“Putin menga Zelenskiyni o‘ldirmaslikka va’da bergan” — Isroil sobiq bosh vaziri Bennet Rossiya prezidenti bilan suhbati haqida gapirib berdi