Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Gollivud yulduzi Dueyn Jonson o‘zini musiqa yo‘nalishida ham sinab ko‘rishga qaror qildi. U taniqli mustaqil reper Tech N9ne’ning Face Off nomli qo‘shig‘i va klipining mehmoniga aylangan, deb xabar beradi “Film.ru”.

Foto: “Film.ru”

Foto: “Film.ru”

Ma’lum qilinishicha, mazkur kompozitsiya hozirda striming maydonchalarda mavjud bo‘lgan ASIN9NE albomidan o‘rin olgan. Jonson va Tech bir necha yil oldin HBO’ning “Futbolchilar” serialini suratga olish jarayonida tanishib qolgan. Keyinroq reper aktyor bilan Instagram orqali bog‘lanib, unga kollabratsiya taklif qilgan va Jonson rozi bo‘lgan.

Avvaliga Jonson shunchaki qo‘shiq uchun ayrim so‘zlarni aytishi kutilgandi, biroq Dueyn shaxsiy replikasini yozishni xohlagan. Bu Jonsonning musiqa yo‘nalishidagi birinchi ishi emas: 2016-yilda u Disney’ning “Moana” multfilmiga ovoz berishda ham ishtirok etgan.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning sentabrida “Forsaj” filmlari orqali mashhurlikka erishgan amerikalik aktyor Vin Dizel “Feel Like I Do” nomli o‘zining birinchi qo‘shig‘ini taqdim etgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Mashina olib berishni vaʼda qilib, 248 kishini 12 mlrd so‘mga chuv tushirgan firibgarlarga hukm o‘qildi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi xonadonda iftorlik qildi (video)
Dunyo
Blinken AQSH fuqarolarini zudlik bilan Rossiyani tark etishga chaqirdi