Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) Ukrainaning yadroviy xavfsizligi to‘g‘risida 52 betli hisobot e’lon qildi. Hujjat Rossiya nazoratida bo‘lgan va hududi muntazam o‘qqa tutilayotgan Zaporojye atom elektr stansiyasiga MAGATE delegatsiyasi tashrif buyurganidan so‘ng e’lon qilindi.

MAGATE delegatsiyasi Zaporojye AES hududida

MAGATE delegatsiyasi Zaporojye AES hududida
Foto: “TASS”

Agentlik ZAESning o‘qqa tutilishi Ukraina uchun ham, qo‘shni davlatlar uchun ham misli ko‘rilmagan oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ta’kidlab, zudlik bilan stansiya atrofida xavfsiz hudud yaratishga chaqirdi.

Bundan tashqari, hisobotda aytilishicha, ZAESda “yadro xavfsizligining butun yetti arkoni”, jumladan, obyektlarning jismoniy yaxlitligi hamda radiatsiya darajasini kuzatuvchi samarali vositalarining hozirligi buzilgan.

Hisobotda asosiy e’tibor o‘qqa tutishlar oqibatida stansiyaga yetkazilgan jismoniy zararga qaratilgan. Xususan, missiya ma’lumotlariga ko‘ra, yangi va ishlatilgan yadro yonilg‘isini saqlaydigan binolar, shuningdek, stansiyani jismonan himoya qilishga mo‘ljallangan avariya tizimi mavjud bino shikastlangan.

MAGATE Ukrainaga urush davomida va u tugaganidan keyin ham barcha zarur yordamni ko‘rsatishga sodiqligini ma’lum qildi.

1-sentabr kuni MAGATE missiyasi Zaporojye AESga kelgan edi. Tashrif davomida agentlik inspektorlari stansiyadagi vayronagarchilikni baholashi, xavfsizlik tizimlarining qanday ishlashini aniqlashi, shuningdek, xodimlarning ish sharoitlari bilan tanishishi kerak edi. Guruh stansiyada taxminan to‘rt soat bo‘ldi, shundan so‘ng MAGATE bosh direktori Rafael Grossi boshchiligidagi ekspertlarning bir qismi AES hududini tark etdi. Hozir MAGATEning ikki xodimi ZAESda kuzatuvchi sifatida qolmoqda.

Zaporojye AES hududi muntazam ravishda o‘qqa tutilmoqda. Rossiya va Ukraina otishmada bir-birini ayblamoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Mahalliy
Markaziy bank raisining kripto-aktivlar bo‘yicha ma’lumoti rad etildi