Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda 2022-yilning birinchi yarim yilligida ekologiya va atrof-muhit muhofazasi tadbirlari uchun davlat byudjetidan jami 1 942,2 milliard so‘m yo‘naltirilgan. Bu haqda 5-sentabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida aytib o‘tildi.

Yig‘ilishda fraksiya a’zolari davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining 2022-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosini atroflicha ko‘rib chiqqan.

Qayd etilishicha, hisobot davrida davlat budjetidan atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik muammolarni bartaraf etish, aholi punktlarini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash va oqova suv tizimini yaxshilash uchun salmoqli ishlar qilingan. Xususan, 2022-yilning birinchi yarim yilligida ekologiya va atrof-muhit muhofazasi tadbirlari uchun davlat budjetidan jami 1 942,2 milliard so‘m yo‘naltirilgan.

Mazkur mablag‘lari atmosfera havosi muhofazasiga, suv va yer resurslarini muhofaza qilishga, o‘simlik va hayvonot dunyosi muhofazasiga, Orolbo‘yi mintaqasida amalga oshirilayotgan ekologik tadbirlarga, yerlarni suv va shamol eroziyasidan saqlashga va yerlar rekultivatsiyasiga sarflangan.

Shuningdek, ko‘rib chiqilgan davrda respublika aholi punktlarini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash va oqava suv tizimlarini yaxshilash dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha 173 ta obyektlarga 1 131,6 milliard so‘m mablag‘lar moliyalashtirib berilgan.

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlariga asosan amalga oshiriladigan loyihalar doirasida 4 550 ta obyektlar uchun 3 000,0 milliard so‘m, jumladan, 4 179 ta ichki yo‘llarga 2 000,0 milliard so‘m, 371 ta ichimlik suvi tarmoqlari va inshootlarini qurish-ta’mirlash ishlari uchun 1 000,0 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan.

Birinchi yarim yillik yakuniga ko‘ra 3 557 ta obyektlarga qurilish ta’mirlash ishlarining hajmidan kelib chiqib 1 112,7 milliard so‘m mablag‘ moliyalashtirilgan.

Yig‘ilishda amalga oshirilgan ishlar ijobiy baholanib, davlat budjeti mablag‘lari mas’ul vazirlik va idoralar tomonidan har doim ham samarali va o‘z vaqtida bajarilmasligi, ajratilgan mablag‘lar o‘zlashtirilmay qolayotgani deputatlarning e’tirozlariga sabab bo‘lgan.

Shundan kelib chiqib, budjet intizomiga rioya qilish, davlat budjeti mablag‘larini maqsadli sarflash ustidan nazoratni muntazam olib borish lozimligi ta’kidlangan.

Mavzuga doir: Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekistonda ekologik loyihani amalga oshirishga ko‘maklashadi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Gulja qirg‘ini” — uyg‘urlarni o‘ldirishni boshlagan Xitoy, chechenlarni ommaviy o‘ldirgan rus OMONi va vodorod bombasini botqoqqa tashlagan AQSH samolyoti. Kun xr...
Mahalliy
Toshkent viloyatida avtokran qulashi oqibatida mashinist vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...