Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi Narzullo Oblomurodov va Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining Yadro xavfsizligi departamenti direktori Baltazar Lindauer o‘rtasida mamlakatning Chorkesar va Yangiobod maxsus poligonlarini rekultivatsiya qilish borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha grant loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida bitim imzolandi.

Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

Ta’kidlanishicha, 7 million yevroga teng grant shartnomasini imzolash marosimi 1-sentabr kuni YTTBning Londondagi shtab-kvartirasida bo‘lib o‘tdi. 2021-yilda Davlat ekologiya qo‘mitasi va YTTB o‘rtasida konsultativ yordam ko‘rsatilishi uchun 2 million yevro miqdoridagi birinchi bitim imzolangan edi. Jami 9 million yevro miqdoridagi grant loyihasi bank tomonidan Markaziy Osiyo uchun Atrof-muhitni reabilitatsiya qilish ekologik hisobi maxsus fondi hisobidan moliyalashtiriladi.

Grant loyihasi doirasida 2022–2025-yillar davomida maxsus uchastkalarini ekologik sog‘lomlashtirish va rekultivatsiya qilish tadbirlari amalga oshiriladi. Xolisona o‘tkazilgan ekspertiza hamda xavf-xatarlar va mahalliy sharoitlarni kompleks ekologik baholash asosida mutaxassislar hududni rekultivatsiya qilish, qurilish-montaj, izolyatsiya va himoya ishlarini olib borish bo‘yicha eng xavfsiz va maqbul variant va rejalarni tanlagan.

Rekultivatsiya ishlari 2023-yilning birinchi choragida boshlanishi rejalashtirilgan bo‘lib, taxminan ikki yil ichida yakunlanadi. Loyiha doirasidagi qurilish va reabilitatsiya ishlari mahalliy va germaniyalik mutaxassislar ishtirokida amalga oshiriladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Toshkent hududiy elektr tarmoqlari” bosh hisobchi o‘rinbosari 15 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi
Iqtisodiyot
Fevralda O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi avtomobil ishlab chiqarildi?
Sport
O‘rtoqlik o‘yini. O‘zbekiston terma jamoasi Shomurodovning goli evaziga Boliviyani mag‘lub etdi