Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi maktablarda darsliklarni yetkazib berish xizmati uchun ota-onalardan 15 ming so‘mdan pul yig‘ilayotgani haqida xabar tarqaldi. Tuman hokimligi ushbu holat yuzasidan munosabat bildirdi.
“Biz darhol Uchtepa tumanidagi bir necha umumta’lim maktablari direktorlari bilan bog‘langanimizda, ularning ta’kidlashicha, darsliklar DUK tomonidan maxsus avtomashinalarda olib kelinib, maktablardagi ishchi guruh tomonidan birma-bir tekshirib qabul qilingan. Maktab rahbarlarining bir ovozdan ta’kidlashicha, bu jarayonda hech qanday pul yig‘ilmagan”, — deyiladi munosabatda.
Tuman hokimining tezkor topshirig‘iga binoan ishchi guruh tuzilib, bu borada batafsil o‘rganish o‘tkazilishi belgilandi.
Izoh (0)