• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qashqadaryoda maktab mashmashasi: kimdir direktorlikka o‘z odamini qo‘yish ilinjida, mas’ullar o‘zini oqlash bilan andarmon, maktab esa o‘quv yiliga tayyor emas (video)

    Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanidagi 38-maktab molxona ekani aytilib, aholi vakillari shu sabab farzandlarini mazkur maktabda o‘qitmasligi ta’kidlangan video tarqaldi. Videoda, shuningdek, maktab yangi o‘quv yiliga tayyor emasligi, ota-onalar maktab rahbariyatidan norozi ekani ma’lum qilingan. Jurnalist Murodjon Amirov asl holatni o‘rganish maqsadida Qamashidagi 38-maktabda bo‘ldi.

    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov

    Tan olish kerak, aholi vakillarining maktab o‘quv yiliga tayyor emas, degan gapida jon bor. O‘quv jarayoniga oz vaqt qolgan bo‘lsa-da, maktabning hozirgi kundagi holati juda yomon. Ta’bir joiz bo‘lsa, holiga maymunlar yig‘laydi.

    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov

    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov

    “Avvalo, binoning tashqi fasadi judayam abgor holda. Bu binoni ko‘rgan odam maktab yangi o‘quv yiliga tayyor ekanligiga umuman ishonmaydi. Sinfxonalar poli esa yaqin uch-to‘rt yilda umuman ta’mirlanmagan. Shuningdek, o‘qituvchilar xonasi ham ko‘rimsiz bir holda. O‘quvchilar partasi va stol-stullari esa o‘sha-o‘sha izhorlar burchagiga aylangan holicha turibdi”, — deydi vaziyatni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan jurnalist Murodjon Amirov.

    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov

    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov

    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov

    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov

    Tuman hokimligi hamda maktab mas’ullarining ta’kidlashicha, maktab ta’miri uchun mahalliy mablag‘lar hisobidan 638 million so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, ushbu mablag‘ni “Magnit savdo” mas’uliyati cheklangan jamiyati 2022-yilning 19-avgust kuni ochiq tenderda yutib olgan. Ta’mirlash ishlari esa yangi o‘quv yiliga bir hafta muddat qolganda — 2022-yilning 22-avgust kunidan boshlangan.

    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov

    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov

    Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati maktab ta’miri bu darajada kechikkanini quyidagicha izohlashga uringan.

    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov

    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov

    “Maktab binosi ta’mirtalab bo‘lganligi sababli binoni ta’mirlash uchun mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan 638 million so‘m mablag‘ ajratilib, ta’mirlash ishlarini bajarish uchun pudratchi tanlash maqsadida e-tender.uzex.uz elektron portaliga e’lon berilgan”, — deyiladi boshqarma axborotida.

    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov

    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov

    Tuman hokimligi axborot xizmati ham aholi maktab ta’miri uchun 638 million so‘m mablag‘ ajratilganini avvaldan bilganini yozib, shunga qaramasdan yolg‘on gapirganini ta’kidlamoqda.

    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov

    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov

    “Murojaatchilar buni bilsa-da, ijtimoiy tarmoqlarda ‘Maktab ta’miriga hech kim e’tibor qaratmagan’, degan yolg‘on ma’lumotlarni tarqatgan”, — deyiladi hokimlik munosabatida.

    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov

    Jurnalist Murodjon Amirovning aniqlashtirishicha, maktabda jami 15 ta sinf bo‘lib, ta’mir ishlari bois darslarni ikki smenada tashkil qilish rejalashtirilgan.

    “Xonalar ta’miri tugallanganidan so‘ng o‘quvchilar yangi xonalarda dars jarayonlarini davom ettiradi. Quruvchilar esa qolgan ta’mirlash ishlarini bajaradi”, — deydi u.

    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov

    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov

    Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmatining ma’lumot berishicha, 38-sonli maktab binosi 1991-yilda qurilgan. Quvvati 422 o‘rinli bo‘lgan maktabda ayni kunda 357 nafar o‘quvchi tahsil oladi. Maktabning navbatlilik koeffitsiyenti 0,8 ni tashkil etadi.

    “Maktab yangi qurilgan paytda sport zali ham bo‘lgan. Hozirgi kunga kelib, sport zal plitalari sotib yuborilgan. Maktabda suv yo‘q. Suv yo‘qligi sabab bolalar suv icholmayapti. Maktab xaroba bo‘lib yotibdi. Biz bu haqda xalq ta’limi vaziriga ham murojaat qildik. Ko‘rib ketishyapti, ammo korrupsiya qilib, murojaatlarimni yopishmoqda”, — deydi ijtimoiy tarmoqlarda chiqish qilgan murojaatchilar.

    Maktab ahvolidan norozi fuqarolar maktab ta’miridan ko‘ra, Asliddin ismli xodimning maktab direktori bo‘lib kelishidan noroziligini bildirgan.

    “Asliddin degan yigit maktabga direktor bo‘lib kelsa, biz bolalarimizni maktabga qo‘ymaymiz. Butun xalq shunga qarshi kurashmoqda. U yigit TATUni tamomlagan, hali umuman ish tajribasi yo‘q. Yosh yigit. Endigina olti oy ishlagan. O‘zimizda 10 yil ishlagan maktab direktorlari turibdi, o‘zimizning xalqimiz. Buning bari — tuman hokimi va tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri Nazira Abrayeva qilgan ish”, — deydi murojaatchi.

    Foto: Videodan kadr

    “Daryo” jurnalisti bilan muloqot qilgan Qamashi tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri Nazira Abrayeva murojaatchilar maktab ta’miridan ko‘ra, o‘zining odamini maktab direktorligiga qo‘yish ilinjida yurganini aytib, “maktab ta’miri yomon deyishdi, mahalliy budjetdan pul ajratilib, ta’mir boshlab yuborildi. Xo‘sh, yana nega norozisizlar desak, maktab direktori biz aytgan, o‘zimizning qishloqning odamlari bo‘lishi kerak deyishmoqda. Bu davlat idorasi, unga tayinlanayotgan rahbar ham davlat talabidan kelib chiqqan holda tayinlanadi. Tanlovdan kim o‘tsa, shu rahbar bo‘ladi deb tushuntirsak-da, tushunishmayapti”, — deydi Nazira Abrayeva.

    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov

    Jurnalist Murodjon Amirovning surishtirishicha, tarmoqlarda e’lon qilingan videoda direktorlik lavozimiga noloyiq, korrupsiya yo‘li bilan ushbu lavozimga kelgan deya ta’riflangan Asliddin Ochilov Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali orqali ochiq tanlov asosida ushbu vakant lavozimga hujjat topshirgan va tanlovda g‘olib bo‘lgan kadr hisoblanadi. Yosh rahbar Asliddiin Ochilov ushbu mojaroli vaziyatdan xabar topgach, maktabda ishlamaslik haqidagi arizasini yozgan. Hozirda maktabning direktorlik lavozimi vakant. Direktor vazifasini bajarish esa vaqtinchaga direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Manzura Toshmurodovaga yuklatilgan.

    Manzura Toshmurodova.

    Manzura Toshmurodova.
    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov

    “Ayni paytda maktab direktori hamda o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelayotgan mas’ullar bilan suhbatlashganimizda kech bo‘lsa-da, maktab ta’miri uchun harakat boshlanganini, tez orada ta’mirlash ishlari yakunlanib, maktab yangi o‘quv yiliga tayyor qilib berilishi va’da qilinayotganini aytmoqda. Ularda ishlar qilinyapti-ku degan shukronalik hissi bor. Bu yaxshi, albatta. Ammo maktab binosini molxonaga o‘xshatgan murojaatchilar esa, ko‘proq maktab ta’miridan emas, maktabga kimni direktor qilib tayinlashdan manfaatdorga o‘xshamoqda”, — deydi jurnalist.

    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov

    Qamashidagi mazkur maktab mashmashasi orqali kimdir direktorlikka o‘z odamini qo‘yish ilinjida ekani, mas’ullar ta’mir kechikkanini izohlab, har xil vajlar bilan o‘zini oqlashga urinayotganini kechirsa, bu holatlarga ko‘z yumsa bo‘lar. Ammo maktab binosining yangi o‘quv yiliga tayyor emasligi, 5-sentabr kuni birinchi qo‘ng‘iroq jarangi yangraganidan so‘ng ushbu maktab o‘quvchilarining qaysi sinfxonaga kirishini bilmay, ovora bo‘lishiga qanday ko‘z yumish mumkin? Buning uchun kim javob beradi? Tuman hokimimi yoki ta’lim mas’ullari?

    “Daryo” voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

    03.09.2022, 20:22   Izoh (0)   42860
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Navoiyda noqonuniy ravishda Qozog‘istonga o‘tmoqchi bo‘lgan bir guruh shaxslar ushlandi

    03.09.2022, 20:05

    Andijonda ikki erkak gashish sotayotganda ushlandi

    03.09.2022, 18:42

    Qashqadaryoda haydovchi Damas’da 19 nafar yo‘lovchi bilan ketayotgani aniqlandi (video)

    03.09.2022, 17:30

    Finlyandiyalik professor Qashqadaryo hokimiga maslahatchi bo‘ldi. U viloyatdagi maktablarda Finlyandiya tajribasini ommalashtiradi

    03.09.2022, 17:18

    “Kitoblarni pulli ijaraga berish konstitutsiyaga zid deb hisoblaymiz” — Rasul Kusherbayev

    03.09.2022, 16:50

    Fly Dubai aviakompaniyasi Namangan va Dubay o‘rtasida aviaqatnovlarni amalga oshiradi

    03.09.2022, 16:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50

    Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

    Dunyo | 18 iyul, 22:35

    Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.