Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent xalqaro aeroportida 57 bosh timsoh bolalari noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yilgani xabar qilingandi. “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi axborot xizmati “Daryo”ga holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, mazkur timsoh bolalarining umumiy qiymati 918,5 million so‘mni tashkil qiladi. Ular Toshkent hayvonot bog‘iga vaqtincha saqlash uchun topshirilgan.

Tug‘ilganiga bir hafta bo‘lgan mazkur Nil timsohi turiga mansub timsoh bolalari tashish va saqlash qoidalariga rioya qilinmagan. Shu sababli Toshkent hayvonot bog‘i xodimlari tomonidan ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda.

Bundan tashqari, Toshkent xalqaro aeroporti orqali olib kirilayotganda aniqlangan 10 dona buqalamun haqida ham ma’lumot berilgan. Ta’kidlanishicha, taxminiy qiymati 5 ming dollar ya’ni, 54 million 650 ming so‘m bo‘lgan jonzotlar suvda sudralib yuruvchilar turkumiga kiruvchi Yaman buqalamunlari ekani aniqlandi.

Hozirda mazkur jonzotlar ham Toshkent hayvonot bog‘iga vaqtincha saqlovga topshirilgan. Mutaxassislarning doimiy nazorati osida parvarishlanmoqda. Hayvonot bog‘ining veterinarlari bergan ma’lumotga asosan tashish qoidalariga rioya qilinmagani sababli buqalamunlarning 6 tasi og‘ir ahvolda deya baholanmoqda.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)
Dunyo
Polsha bosh vaziri Ukrainadagi urush uchinchi jahon urushiga aylanishini prognoz qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi