Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston suv toshqinlari yuz bergan Pokistonga 1-sentabr kuni 40 tonna insonparvarlik yordami jo‘natgani xabar qilingandi. “Dunyo” axborot agentligining yozishicha, gumanitar yuk Islomobodga yetkazildi.

Foto: “Dunyo”

Foto: “Dunyo”

Qayd etilishicha, Pokistonga harbiy samolyot orqali oziq-ovqat mahsulotlari, shu jumladan, o‘simlik yog‘i, un, guruch, go‘sht konservalari, qandolat va makaron mahsulotlari, shuningdek, to‘qimachilik mahsulotlari va boshqa tovarlardan iborat qariyb 40 tonna yuk yetkazildi.

Pokiston hukumati nomidan yukni Islomobod xalqaro aeroportida federal fan va texnologiyalar vaziri Agha Hasan Baloch kutib oldi.

Bugun biz boshimizga og‘ir kunlarda birinchilardan bo‘lib madad qo‘lini cho‘zgan o‘zbek birodarlarimiz va opa-singillarimizning chinakam hamdardlik tuyg‘ulariga guvoh bo‘lmoqdamiz. Pokiston hukumati va xalqi qardosh O‘zbekiston rahbariyati va xalqining saxovati ifodasini yuksak qadrlaydi, — dedi vazir.
Pokiston Tashqi ishlar vazirligi departamenti bosh direktori Shoh Faysal Kakar tomonidan ham Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik uchun minnatdorchilik so‘zlari aytildi.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi bir necha hafta ichida Pokistonda misli ko‘rilmagan musson yomg‘irlari va suv toshqinlari 30 milliondan ortiq kishining kundalik hayotini izdan chiqargan. Mamlakatning g‘arbi va janubidagi Balujiston va Sind provinsiyalari eng ko‘p zarar ko‘rgan. Yuz minglab odamlar boshpanasiz qolgan.

Kuchli yomg‘ir va keng ko‘lamli toshqinlar oqibatida 1100 dan ortiq odam vafot etgan. Rasmiylarga ko‘ra, bu yil suv toshqinlari bilan bog‘liq vaziyat 2010-yilga qaraganda jiddiyroq, o‘sha yili tabiiy ofat oqibatida 1,7 ming kishi halok bo‘lgan.

Ayni paytda Pokiston turli davlatlardan xalqaro yordam olishni boshladi. Jumladan, Turkiya va Birlashgan Arab Amirliklaridan chodirlar va zarur mahsulotlar ortilgan samolyotlar yetib borgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Britaniya hukumati “Vagner”ni terrorchi tashkilot deb e’lon qilmoqchi — The Telegraph
Dunyo
AQSHda xavfli moddalarni olib ketayotgan yuk poyezdi relsdan chiqib ketdi (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘ladi?