• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12357.09
    • RUB153.49
    • EUR14330.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    UzAuto Motors: Chevrolet Tracker va Onix bu yil Spark va Nexia o‘rnini egallaydi

    Jahon avtomobilsozlik sanoatiga yarimo‘tkazgichlar va logistika bilan bog‘liq global inqirozlar, shuningdek, Sharqiy Yevropada kuzatilayotgan geosiyosiy muammolar o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Bu ham ishlab chiqarish hajmiga, ham avtomobil narxi va uni kutish muddatlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi.

    JD Power va LMC Automotive avtomobilsozlik sanoati tahlilchilarining hisobotiga ko‘ra, AQSHda iyun oyida avtomobillarning o‘rtacha narxi rekord darajada 45 ming 844 dollarni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 14,5 foizga ko‘pdir. Narxlarning ko‘tarilishi Rossiya bozoriga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi – 2022-yilda kompaniya avtomobillar narxini o‘rtacha 30-40 foizga oshirdi.

    Global kataklizm oqibatida avtomobil ishlab chiqarish hajmining kamayishi yuzaga keldi. Xususan, Buyuk Britaniyada mikrochiplarning yetishmasligi tufayli avtomobil ishlab chiqarish 41 foizga kamaydi va jahon avtomobilsanoati lideri Honda Motor ta’minot zanjiri va logistika bilan bog‘liq doimiy muammolar tufayli Yaponiyada 2022-yilda rejalashtirilgan ishlab chiqarishni 30 foizga qisqartirishini ma’lum qildi.

    Huddi shu tendensiya Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida ham kuzatilmoqda. Yevropa avtomobil ishlab chiqaruvchilar Assotsiatsiyasining hisobotiga ko‘ra, Yevropa Ittifoqida yangi yengil avtomobillarni ro‘yxatdan o‘tkazish pasayishda davom etmoqda.

    Yillik hisob-kitoblarga ko‘ra, mavsumiy o‘zgarishlarni hisobga olgan holda, AQSHda yangi avtomobillarning umumiy savdosi iyun oyida 13,1 million donani tashkil etdi va bu o‘tgan yilga nisbatan 2,3 million donaga kam.

    Bu yil global avtomobil savdosi 81,4 million dona bilan oldingi holatini saqlab qolishi kutilmoqda. Chunki Xitoydagi mikrochip tanqisligi va kuzatilgan karantin savdo hajmiga o‘z ta’sirini o‘tkazdi.

    Avtomobillarni kutish muddatiga e’tibor qaratsak, Hyundai Motor va Kia joriy yilning mart oyida Janubiy Koreyadagi mijozlarga to‘langan, ammo yetkazib berilmagan avtomobillar soni jami 1 milliondan oshib ketib, ularning kutish muddati 18 oygacha yetdi. Xuddi shu davrda Toyota Tundraning ba’zi versiyalarini AQSHga yetkazib berishni va’da qilmoqda. Yaponiya bozorida Toyota Land Cruiser 300 avtomobilining kutish muddati hali ham 4 yil.

    “UzAuto Motors” AJ joriy yilning birinchi 6 oyligida 160 ming dona avtomobil ishlab chiqardi. Shuningdek iste’molchilarning talablarini inobatga olib, yangi avtomobil modellarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Iste’molchilarning zamonaviy avtomobilga bo‘lgan talabining ortib borayotganligi sababli, “UzAuto Motors” ishlab chiqarish liniyalarini bosqichma-bosqich yangi avtomobil modellariga o‘tkazmoqda.

    Detroytda General Motors kompaniyasi vakillari bilan modellar qatorini yangilash va ishlab chiqarish hajmini oshirish doirasida o‘tkazilgan muzokaralarda, UzAuto Motors zavodi ishlab chiqarish quvvatini sezilarli darajada oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Shuningdek, Chevrolet Tracker va Onix bilan bir qatorda Chevrolet avtomobillarining zamonaviy modellari bilan kengaytirish va ishlab chiqarilayotganlarini yangilash (facelift) bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

    Aytib o‘tadigan bo‘lsak, joriy yilning iyul oyida Chevrolet Tracker avtomobili ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘ydi. Oradan bir hafta o‘tgach, PPV (pred-prodakshn) bosqichida birinchi Chevrolet Onix avtomobilini ishlab chiqardi. 2023-yil boshida Chevrolet Onix avtomobilini ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

    Konveyerlarning yangi avtomobil modellarini ishlab chiqarishga o‘tkazilishi munosabati bilan, 2022-yil yakunida Chevrolet Spark va Nexia avtomobillarini ishlab chiqarish to‘xtatiladi. Qolgan butlovchi qismlar yil davomida ushbu avtomobil modellarining turli konfiguratsiyalardagi so‘nggi partiyalarini cheklangan miqdorda ishlab chiqarishni davom ettirish imkonini beradi. Bugundan boshlab, ushbu Chevrolet Spark va Nexia avtomobillari sotuvga chiqariladi.

    Shuningdek, O‘zbekistonda UzAuto Motors avtomobillariga bo‘lgan talabning yuqori ekanligini inobatga olib, kompaniya Chevrolet Spark va Nexia avtomobillari eksport hajmining bir qismini ichki bozorga yo‘naltirishga qaror qildi.

    Chetga eksportga jo‘natiladigan komplektatsiyalar bir qator qo‘shimcha opsiyalarni o‘z ichiga oladi. Jumladan, Yevro 5 katalizatorli dvigatel, ERA-GLONASS tizimi, ikkita rangga ega bo‘lgan korpus va boshqalar. Sotuvga chiqariladigan avtomobillar komplektatsiyasiga qarab, kuchaytirilgan dvigatel, karter himoyasi, charm qoplamali rul, qoraytirilgan orqa oyna, qo‘shimcha dinamiklar, yon xavfsizlik yostiqchalari va mexanik uzatmalar qutisi bilan jihozlanadi.

    Batafsil ma’lumot uchun “UzAuto Motors” dilerlik markazlari va Call-markaz telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin: +99878-141-77-77

    20.08.2022, 15:00   Izoh (0)   39608
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda “Tesla qotili” ishlab chiqariladi

    19.08.2022, 19:30

    Yangi UZCARD kartalari endi “Xalq banki”da

    19.08.2022, 18:00

    Ucell: sifatli aloqa va katta tezlikdagi internet mamlakatning eng olis nuqtasigacha yetib boradi

    19.08.2022, 12:00

    Magic City “MAGIC SALE” aksiyasini e’lon qiladi!

    18.08.2022, 15:00

    Dream City Development kompaniyasi yangi va ulkan loyihasi ochilishini e’lon qiladi

    18.08.2022, 12:00

    Taliya Acıbadem shifoxonasida leykemiyani yengdi!

    18.08.2022, 09:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kredit olish kerakmi: moliyaviy yordam yoki qarz tuzog‘i?


    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysidagi yuzlab aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentdagi Bo‘rijar kanaliga tushib ketgan 17 yoshli bolaning jasadi topildi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 15:28

    “Eron AQSHga itoat etmaydi” — Oyatulloh Ali Xomanaiy

    Dunyo | 25 avgust, 15:10

    Janubiy Surxon suv ombori hududida 140 mlrd so‘mlik ekoturizm kompleksi quriladi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 14:59

    “Manchester Siti” futbolchisiga Bundesliga hamda A Seriya klublari da’vogarlik qilmoqda

    Sport | 25 avgust, 14:47

    Isroil G‘azodagi shifoxonaga aviazarbalar berdi. Qurbonlar bor (video)

    Dunyo | 25 avgust, 14:41

    Kredit olish kerakmi: moliyaviy yordam yoki qarz tuzog‘i?

    Reklama | 25 avgust, 13:30

    Toshkentdan Kopengagenga to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 14:25

    Kechqurun tomosha qilish uchun: horror janridagi 5 ta eng qiziqarli koreys filmi

    Kino | 25 avgust, 14:15

    O‘zbekistonda Odil sudlov akademiyasi tashkil etiladi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 14:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.