Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida kovrak o‘simligi urug‘i sabab boshqa fuqaroni urib, unga og‘ir tan jarohati yetkazgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, kecha, 18-avgust kuni taxminan soat 07:00 larda Dehqonobod tumanining “Istiqolol” mahallasida yashovchi B.O. kovrak o‘simligi urug‘ini sotmoqchi bo‘lgan “Xo‘jamaрmud” mahallasida yashovchi A.A.ning yoniga kelib, uning urug‘ini sotib olmoqchi bo‘lgan va savdolashgan. Shundan so‘ng hech bir sababsiz fuqaro A.A. urib, unga og‘ir tan jarohati yetkazgan.
Kaltaklangan fuqaro shifoxonaga behush holda olib borilgan.
Holat yuzasidan 2022-yil 19-avgust kuni Dehqonobod tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, fuqaro B.O. Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.
Izoh (0)