Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Iqtisodiy faollikning sekinlashuvi tufayli Turkiya Markaziy banki (TCMB) asosiy stavkasini 1 foizga tushirib, 13 foizgacha pasaytirdi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

Foto: Bloomberg

Foto: Bloomberg

Stavka 2021-yil dekabridan beri 14 foizni tashkil etib turgan edi. Regulyatorning qarori fonida turk lirasi dollarga nisbatan pasayib ketdi.

Turkiya markaziy bankining ta’kidlashicha, uchinchi chorakdagi yetakchi ko‘rsatkichlar iqtisodiy faollikning biroz pasayganini ko‘rsatmoqda.

Global o‘sishning noaniqligi va geosiyosiy xatarlar ortib borayotgan bir paytda, sanoat ishlab chiqarishidagi jadallikni va ish bilan bandlikning o‘sish tendensiyasini saqlab qolish nuqtai nazaridan moliyaviy sharoitlarning qo‘llab-quvvatlanishi muhim ahamiyatga ega. Shu doirada kengash stavkani 100 bazaviy punktga kamaytirishga qaror qildi va yangilangan stavka joriy prognozga muvofiq yetarli ekanligini baholadi, — deyiladi bayonotda.

Bir qator turk iqtisodchilarining fikricha, regulyator foiz stavkasini oshirishi kerak, chunki lira past stavkalar tufayli qadrsizlanadi.

Allianz and Barclays sug‘urta kompaniyasi rahbarlaridan biri Mohamed El-Erian Turkiyada “iqtisodiyotning asosiy qonunlari e’tibordan chetda qolayotganini” aytdi.

2021-yilning noyabrida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on stavkalarni pasaytirish uchun “kurashga” va’da bergan edi.

Bu Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning prinsipial pozitsiyasidir. Ikki yil ichida u regulyator stavkani oshirganidan so‘ng Markaziy bankning uchta rahbarini ishdan bo‘shatdi.

Regulyatorning qaroridan keyin turk lirasi bir dollar uchun 17,97 dan 18,07 liraga tushdi. Yanvar oyi oxirida birjadagi lira kursi bir dollar uchun 13,5 lira, fevral oxirida 14 lira darajasida edi.

Avvalroq Turkiyada iyul oyida inflyatsiya darajasi 79,6 foizga ko‘tarilib, 1998-yildan beri rekord darajaga yetgani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Mahalliy
O‘zbekistonda qaysi hududlarda narxlar ko‘proq o‘sgani ma’lum qilindi