Uzcard bankomatlarida 200 ming so‘m qiymatiga ega banknot chiqarish ham amalga oshirilmoqda. Bu haqda protsessing markazi axborot kanali xabar bermoqda.
Uzcard jamoasi bankomatlarning yangi banknotlarini qabul qilishini ta’minlash bo‘yicha faol ish olib bormoqda, — deyiladi xabarda.
Tez orada Uzcard bankomatlarida yangi banknotlarni nafaqat qabul qilish, balki kiritish ham mumkin bo‘ladi.
Avvalroq naqd pulga bo‘lgan talabni qondirish maqsadida, 15-iyuldan O‘zbekistonda 200 ming so‘mlik banknota muomalaga kiritilgandi.
Mamarizo Nurmurodovning ta’kidlashicha, 200 ming so‘mlik banknotasni erta muomalaga chiqarishdan maqsad odamlarga qulaylik yaratishdan iborat.
Izoh (0)