Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkentning Yakkasaroy hamda Yashnobod tumanlaridagi ayrim hududlarda elektr energiyasi soat 10:00 dan 18:00 qadar o‘chirildi.

“Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” matbuot xizmatining ma’lum qilishicha,

  • Yashnobod tumanining Ohangrabo, Mo‘ynoq, Mumtoz, Visol, Uysozlar, Oqdaryo hamda Oq uy ko‘chalarida,
  • Yakkasaroy tumanining “Hadicha Sulaymonova” mahallasi Minglar hamda Mirobod 1-tor ko‘chalarida yashovchi aholi xonadonlarida hamda kichik tadbirkorlik subyektlarida elektr energiyasi vaqtincha o‘chirildi.
Xabarga ko‘ra, iste’molchilarga elektr energiyasini sifatli hamda ishonchli yetkazib berish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariyali uzilishlarning oldini olish, kuz–qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, hamda tuman elektr ta’minoti korxonalari tomonidan hududlarda past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish, joriy hamda mukammal ta’mirlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirmoqda.

Ta’mirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida yuqoridagi hududlar elektr energiyasidan uzilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Tata Steel Chess 2023. Nodirbek Abdusattorov amerikalik raqibi bilan durang o‘ynadi va hamon musobaqa peshqadami bo‘lib turibdi. Javohir Sindorovda ham durang
Mahalliy
Surxondaryodan topilgan ayiq bolasi zooparkka topshirildi
Mahalliy
O‘zbek tili darsligida musiqa asboblari nomi xato yozilgani aytildi (video)