Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga 2022-yil 1-sentabrga qadar respublikadagi muqaddas qadamjolar va ziyoratgohlarning ro‘yxatini shakllantirish va “Uzbekistan.travel” yagona milliy turistik axborot portaliga joylashtirish vazifalari yuklatildi. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, bu O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2022-yil 30-apreldagi “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida alohida qayd etilgan.

Shunga asosan, respublika hududlarining “chorlovchi nuqta”si sifatida turizm yo‘nalishlariga kiritish yuzasidan respublikadagi muqaddas qadamjolar va ziyoratgohlarning ro‘yxati shakllantirilib, ziyoratgohlar nomi, obyektning tashqi tomondan ko‘rinishi aks etgan suratlari, manzili hamda obyekt to‘g‘risida qisqacha ma’lumotlari “Uzbekistan.travel” yagona milliy turistik axborot portaliga joylashtirildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Afg‘onistonda urush boshlagan AQSH, dispetcher xatoligi sabab qulagan samolyot va Putinning tug‘ilgan kunida o‘ldirilgan faol jurnalist. Kun xronologiyasida 7-okta...
Dunyo
“Ham Moskva, ham Kiyev bilan faqat men ochiq muloqot qilyapman”. Erdo‘g‘on Putin bilan qo‘ng‘iroqlashish rejasini ma’lum qildi
Mahalliy
Surxondaryodagi bog‘chada 4 yoshli bola vafot etdi