Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Samarqand shahrining tarixiy va muhofaza hududida 21 ta noqonuniy qurilish qilingani ma’lum bo‘ldi. 2022-yilning yanvar oyidan ayni kunga qadar qurib bitkazilgan qurilish ishlarining 20 tasini buzish bo‘yicha ogohlantirish berilgan. Bu haqda xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi sessiyasida viloyat Madaniy meros boshqarmasi boshlig‘i Botir Shaymatov ma’lum qilgan.

Botir Shaymatov.

Botir Shaymatov.
Foto: “Daryo”

“Ogohlantirish xatidan keyin ham qurilish ishlarini davom ettirgan uchta holat yuzasidan ma’muriy javobgarlik masalasi belgilangan. Ikkita holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atish yuzasidan viloyat prokuraturasiga hujjat taqdim etilgan. 57 ta arxeologiya merosi obyektlarida dafn etish joylari joylashgani aniqlandi”, — deydi Botir Sharipov.

Foto: “Daryo”

Qayd etilishicha, 2022-yil davomida jami yangi 176 ta yangi arxeologiya madaniy meros obyekti aniqlanib, ularni Milliy ro‘yxatga kiritish yuzasidan Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligiga ma’lumot kiritilgan.

Foto: “Daryo”

Qo‘shimcha qilinishicha, Madaniy meros boshqarmasi qoshidagi Ilmiy-texnik tadqiqot guruhi tomonidan o‘rganilgan 600 ta moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlari hujjatlari Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining ilmiy-ekspert kengashiga ekspertizadan o‘tkazish uchun taqdim etilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Elektr va gazdan shikoyat qilgan fuqarolarni qamoq bilan “ogohlantirgan” deputat o‘z xohishiga ko‘ra ariza yozdi
Mahalliy
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk, avtomototransportni boshqa shaxsga o‘tkazishda davlat boji miqdorlari kamaytirildi
Mahalliy
Qarshida Cobalt haydovchisi 13 yoshli qizni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi (video)