Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Amerikaning eng yirik American Airlines aviakompaniyasi Boom Supersonic kompaniyasidan 20 ta gipertovushli yo‘lovchi samolyotlarini sotib olish haqida bitim tuzdi, deb yozadi Meduza.

Foto: The Wall Street Journal

Foto: The Wall Street Journal

Gap Overture nomli istiqbolli loyiha haqida bormoqda. Boom Supersonic samolyotlarni 2024-yilda tayyorlashni boshlashni, birinchi parvozni esa 2026-yilda amalga oshirishni rejalashtirmoqda. American Airlines layner 2029-yilga kelib yo‘lovchi parvozlarini amalga oshira boshlashini kutmoqda.

Avvalroq xuddi shunday gipertovushli avialaynerlarni sotib olishi haqida United Airlines e’lon qilgandi.

Overture samolyoti Britaniya-Fransiyaning “Konkord”i va sovet ittifoqining Tu-144 idan keyin birinchi gipertovushli avialaynerga aylanishi mumkin.

Boom Supersonic da’vo qilishicha, uning samolyoti hozirgi paytda muntazam reyslarni amalga oshirayotgan har qanday yo‘lovchi layneridan ikki marta tezkorroq bo‘ladi. Loyihaga ko‘ra, uning kreyser tezligi 1,7 Max (taxminan soatiga 1800 km), parvoz balandligi 18 kilometrdan oshiq, parvoz uzoqligi esa salkam 8 ming kilometrga teng.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda?