Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Ko‘pchiligimiz quritilgan non vaqt yoki taxminan olti oy oldin bankaga solingan choyning aslida yaroqlilik muddati qanday ekani haqida o‘ylaymiz. Oqilona fikrlarga asoslanib, biz ayrim mahsulotlarni oldindan g‘amlab qo‘yamiz. Shunga qaramay, biz sotib olgan mahsulotlar oldindan aytib bo‘lmaydigan darajada, tez yaroqsiz holga keladi. Bu muddat o‘tgandan keyin ularni iste’mol qilish inson organizmida turli xil kasalliklarni keltirib chiqaradi. AdMe nashri shu kabi mahsulotlar haqida ma’lumot berdi.

Quruq nonushta

Ko‘p hollarda yoshi katta insonlar va bolalar yengil va tez nonushta qilishni yoqtiradi. Bunga turli xil don, mussli yoki jo‘xori yormasidan tayyorlangan taomlar kiradi. Ushbu mahsulotlar juda uzoq vaqt saqlanadi, biroq ularning saqlanish muddati doimiy degani emas. Qadoqda ochilmagan o‘ramning 6-12 oy davomida saqlanishi ko‘rsatilgan. Uni ochganingizdan keyin esa 4-6 oy saqlashingiz mumkin. Mahsulot tarkibidagi ingredientlar qancha ko‘p bo‘lsa, uning sifati ham shuncha tez o‘zgaradi.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Yodlangan tuz

Agar tuzga yod qo‘shilsa, mahsulotning saqlash muddati taxminan besh yil bo‘lishi mumkin. Hidiga ham e’tibor bering: agar tuzga boshqa modda qo‘shilsa (yoki qadoqlarga), u holda mahsulot yomonlashadi va uni oziq-ovqatda ishlatish xavfli bo‘ladi.

Tuzni namlikdan himoya qiladigan mahkam yopiq shisha, yog‘och yoki sopol idishlarda saqlagan ma’qul.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Donli mahsulotlar

Agar siz jo‘xori yoki boshqa don mahsulotlaridan tayyorlangan taomlarni iste’mol qilishni yoqtirsangiz va ularning uzoq saqlanishini istasangiz salqin, quruq va qorong‘i joyda saqlang. Bu ularning uzoq vaqt davomida sifati buzilmasiligiga yordam beradi. Yopiq qadoqdagi donli mahsulotlar 6-8 oy saqlanishi mumkin. Qadoq ochilgandan keyin ularni 6 oy saqlash mumkin emas.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Quritilgan non

Non qotib qolgandan keyin uni tashlab yubormasdan muzlatib qo‘yishingiz yoki quritilgan non bo‘laklarini tayyorlashingiz mumkin. Quritilgan non bo‘laklarini havo o‘tkazmaydigan qopqoqli idishda 3 oy saqlash mumkin. Biroq yopiq qadoqdagi quritilgan non bo‘laklarini chiqarilgandan 6 oy o‘tgan bo‘lsa iste’mol qilish mumkin emas.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Choy

Qulaylik jihatdan ustun bo‘lgani uchun ko‘plab insonlar paketli choy choyni sotib oladi. Yorliqlardagi muddat mahsulotning qancha vaqt davomida ta’mini va hidini saqlab qolishini ko‘rsatadi. Biroq paketli choyni yaroqlilik muddati o‘tgandan keyin ham iste’mol qilish xavfsiz hisoblanadi. Choy namlik tufayli yomonlashadi, shuning uchun uni quruq, qorong‘i joyda, issiqlik, yorug‘lik, havo namlanadigan joydan uzoqda saqlash kerak.

Bundan tashqari, ko‘p narsa choy turiga ham bog‘liq. Masalan, qayta ishlangan qora Erl Grey choylari sifatini yaxshiroq saqlaydi. Bargli va paketli choyni qadoqda ko‘rsatilgan sanadan keyin 6-12 oydan kechiktirmasdan iste’mol qilish kerak.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Quruq sut

Quruq sut sigir sutini quritish orqali yaratiladi. Bolalar ko‘p iste’mol qiladigan ushbu mahsulotning yaroqlilik muddatiga alohida e’tibor berishingiz kerak. Mahsulotning ba’zi turlarida uni 25 yilgacha ishlatish mumkinligi ko‘rsatilgan. Biroq har qanday holatda ham uni 18 oy ishlatish mumkin. Ko‘plab ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ushbu mahsulotni turli xil vitamin va minerallar bilan boyitadi, biroq vaqt o‘tishi bilan ularning ozuqaviy qiymatining bir qismi yoki barcha qismi yo‘qolishi mumkin.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Pista

Odatda pista havo o‘tkazmaydigan konteynerlarda yoki qoplarda salqin va qorong‘i yerda saqlanadi, chunki ular havo o‘tkazmaydigan joyda sifatini saqlab qoladi. Masalan, qovoq urug‘lari xona haroratida 100 kun va sovuq joyda bir yilgacha foydalanish mumkin. Chia pistasini 1-2 yil, muzlatgichda esa 3 yildan ortiq muddatda saqlash mumkin. Pista esa yopiq qadoqda uch oy, qovurilgan holatda 5 oy saqlanishi mumkin.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Popkorn

Popkornning yaroqlilik muddati taxminan 8 oyni tashkil etadi. Pishirilgan popkornni namlik yo‘q bo‘lgan joyda 6-12 oy saqlash mumkin.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Uyda tayyorlangan murabbo

Ba’zan qishga tayyorgarlik sifatida tayyorlangan mahsulotlar bir necha yil saqlanadi. Savdo do‘konlaridan sotib olingani kabi uyda tayyorlangan murabboni maksimal darajada ikki yil saqlash mumkin. Idishlarni tekshirishni unutmang, ularda zang, yoriqlar va pufakchalar yo‘qligiga ishonch hosil qiling.

Agar idishning sirtida mog‘or paydo bo‘lsa, murabbo iste’mol qilishga xavfli hisoblanadi. Idishni ochgandan so‘ng murabboni muzlatkichda saqlash va ko‘p ochiq havoda qoldirmaslik kerak.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Sachratqi

Sachratqi qahva o‘rnini bosuvchi ajoyib mahsulot hisoblanadi. Bundan tashqari, bu gulli o‘simlik ishtaha yetishmasligini davolash uchun ishlatiladi. Sachratqi yangi uzilganidan so‘ng sifati buzilmasligi uchun uni mahkam yopiq plastik idishlarga solib muzlatkichga qo‘yish kerak. Bu holatda uni 5 kungacha, xona haroratida esa 1-2kun saqlash mumkin.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Moviy pishloq

Mog‘or odatda mahsulotning sifatini buzadi. Moviy pishloq esa qadoqdan ochilgandan 3-4 hafta saqlanishi mumkin. Bundan holatda pishloqning rangiga alohida e’tibor berish kerak, agar uning rangi pushti yoki yashil rangda bo‘lsa iste’mol qilishga shoshilmang. Ushbu pishloqning hidi mol go‘shtining hidiga o‘xshaydi.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Tarvuz

Yozgi mavsumning eng yaxshi mevalaridan biri tarvuzdir. Tarvuz xona haroratida yetti kun, muzlatkichda esa ikki haftagacha saqlanadi. Ammo tarvuzni bo‘laklarga bo‘lib muzlatkichga qo‘ysangiz uni 3-5 kungacha saqlashingiz mumkin. Shu bilan birga, tarvuzni mahkam yopiq idishga solib qo‘yish yoki plastik, aluminiy folga bilan o‘rashni unutmang. Qadoqlash mog‘orlashning oldini oladi va ta’mni saqlab qolishga yordam beradi.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
“Hayot bizni sinovga tashladi”. Sobiq “Ummon” guruhining xonandasi Jasur Rafiqovning saratonga chalingani aytilmoqda
Dunyo
Rossiyada safarbarlikdan bosh tortish bo‘yicha birinchi jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Dunyo
Shimoliy Koreya o‘zining raketa sinovlarini AQSH va Janubiy Koreya mashg‘ulotlariga “adolatli javob” deb atadi