Davlat ekologiya qo‘mitasi tasarrufidagi “Surxon” davlat qo‘riqxonasiga o‘rnatilgan fotoqopqon kaklik jo‘jalarini kamera obyektiga muhrladi.
Kakliklar juda xushyor va tog‘larda ham yashashga yaxshi moslashgan bo‘lib, asosan, may oyining ikkinchi yarmidan boshlab tuxum qo‘ya boshlaydi, uyasini toshlar, butalar, o‘tlar ostiga quradi.
Jo‘jasi tuxumdan 20 kunda chiqadi va shu kuniyoq onasiga ergashib yura oladi. O‘simliklarning kurtagi, barglari, don va urug‘lari, hasharotlar, ularning lichinkalari bilan oziqlanadi.
Ushbu tasvirda uchishga tayyorlana boshlagan kaklik jo‘jalarini ko‘rish mumkin.
Kakliklar “Surxon” davlat qo‘riqxonasida doimiy muhofazaga olingan.
Izoh (0)