R.A. 2020-yilning fevral oyida Rossiya vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun borib, hozirgi vaqtgacha qonuniy ravishda ishlagan.
2022-yil iyun oyida ishlash vaqtida ehtiyotsizligi sababli baxtsiz hodisaga uchrab, og‘ir tan jarohati oladi va chap qo‘l barmoqlaridan ayriladi. Jarohat tufayli fuqaro mehnatga layoqatsiz bo‘lib qoladi.
Rossiyada davolanish uchun yetarlicha mablag‘i bo‘lmagan R.A. vatanga qaytish uchun yordam so‘rab Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Sankt-Peterburg shahridagi vakilligiga murojaat qiladi.
Vakillikning sa’y-harakatlari bilan R.A.ga Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan aviachipta olib berilib, Sankt-Peterburg–Toshkent yo‘nalishidagi aviareys orqali O‘zbekistonga qaytarildi.
Izoh (0)