Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

15-avgust kuni Turkiyaning Istanbul shahrida kuchli yomg‘ir transport ishini to‘xtatib qo‘ydi, jala tufayli shaharning tarixiy qismidagi Katta bozor (Kapali charshi) va Misr bozori suv ostida qoldi. Bu haqda TRT telekanali xabar berdi.

Foto: TRT

Foto: TRT

Istanbulning Yevropa qismiga eng ko‘p yog‘ingarchilik tushdi. Telekanal xabariga ko‘ra, yer usti transporti harakatlanishida qiyinchiliklar yuzaga kelgan, Eminonu, Sariyer va Beykoz tumanlarida uylarning birinchi qavati, shuningdek, yer osti o‘tish yo‘llari suv ostida qoldi.

Foto: TRT

Foto: TRT

Foto: TRT

Foto: TRT

Bosfor yaqinidagi tumanlardan birida restoranning tayanch devori qulab tushdi, dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, vayronalar ostida bir kishi qolmoqda.

Foto: TRT

Foto: TRT

Foto: TRT

Foto: TRT

Istanbul hukumati avtomobil egalarini ko‘chaga mashinada chiqmaslikka chaqirmoqda. Shaharda ob-havo xavfining “sariq” darajasi e’lon qilindi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda?