Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Andijon viloyatining Asaka tumanida 39 yoshli erkak oilaviy kelishmovchilik sabab qaynakasini pichoqlab, og‘ir tan jarohati yetkazdi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat ichki ishlar boshqarmasi xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, 2022-yilning 13-avgust kuni soat 20:30 larda Asaka tumanida yashovchi 1983-yilda tug‘ilgan fuqaro N.Sh. o‘zining yashash uyi oldida oilaviy kelishmovchiliklar sababli qaynakasi, 1982-yilda tug‘ilgan И.M. bilan janjallashib qolgan.

Tortishuv mobaynida N.Sh. qo‘lida bo‘lgan xo‘jalik pichog‘i bilan И.M.ning bel sohasiga bir marotaba urib, o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Asaka tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi (qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ilon Mask Twitter’da Apple reklamalari tiklanganini e’lon qildi
Dunyo
Turkiyaning Kizilelma qiruvchi droni ilk parvozni amalga oshirdi (video)
Dunyo
Xitoy Rossiyaga harbiy yordam ko‘rsatdimi?