Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 2-turida “PSJ” 13-avgust, shanba kuni “Monpelye”ga qarshi bahs olib bordi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Uchrashuvning 39-daqiqasida parijliklar raqib futbolchisining avtogoli evaziga oldinga o‘tib oldi. Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Neymar penaltini muvaffaqiyatli amalga oshirib, hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirdi.

Ikkinchi bo‘lim debyutida Neymar jamoasining uchinchi goli urdi. 58-daqiqada hisob qisqardi. 69-daqiqada Kilian Mbappe, 87-daqiqada Renatu Sanshesh gol urgan holda, hisobni 5:1 ko‘rinishiga keltirdi. Qo‘shib berilgan vaqtda mehmonlar yana bir gol urishga erishdi.

Shu tariqa Parij jamoasi ketma-ket ikkita o‘yinni o‘z foydasiga hal qilgan holda musobaqa peshqadami bo‘lib turibdi.

Liga 1

2-tur bahslari

13-avgust, shanba

“PSJ” — “Monpelye” 5:2

Gollar: 1:0 – 39, avtogol Sako, 2:0 – 43, penalti Neymar, 3:0 – 51 Neymar, 3:1 – 58 Hazri, 4:1 – 69 Mbappe, 5:1 – 87 Sanshesh, 5:2 – 90+2 Tshato.

“PSJ”: Donnarumma, Hakimi (Mukiyele, 86), Ramos, Markinyos, Kimpembe, Mendesh, Verratti (Sanshesh, 86), Vitinya (Paredes, 70), Messi, Neymar (Ekitik, 90), Mbappe (Sarabiya, 86).

“Monpelye”: Omlin, Mauassa (Suke, 70), Tshato, Sako, Kotssa, Sen-Lyus, Savanye (Fayyad, 86), Ferri, Shotar (Lerua, 86), Hazri (Jermen, 78), Vai (Sako, 79).

Ogohlantirishlar: Kimpembe (60), Vai (63), Vitinya (66).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Turkmaniston O‘zbekistonga tekinga gaz yetkazib beradi 
Mahalliy
Toshkentda ko‘prik ustidagi “Gazel” yonib ketdi (video)
Biznes
Rossiyadan Osiyoga ko‘mir eksporti narxi oshgani ma’lum qilindi