• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish Milliy komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi

    2022-yilning 12-avgust kuni Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish Milliy komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

    Foto: Oliy Majlis senati

    Foto: Oliy Majlis senati

    Tadbirda Milliy komissiya a’zolari, mutasaddi vazirlik va idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

    O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi, Milliy komissiya raisi Tanzila Norboyeva olib borgan majlisda odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish borasida

    2022-yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar, soha bo‘yicha xalqaro hamkorlik doirasida erishilgan natijalar va kelgusidagi vazifalar to‘g‘risida so‘z yuritildi.

    Qayd etilganidek, sohaga doir qonunchilik asoslarini mustahkamlash hamda qonunchilik bazasini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish ishlari izchil davom ettirildi. Xususan, 8 ta normativ-huquqiy hujjat, ya’ni 3 ta qonun, 1 ta Prezident farmoni va 4 ta qarori qabul qilindi va amaliyotga tatbiq etildi.

    Shuningdek, Xalqaro mehnat tashkilotining “Qurilishda mehnat xavfsizligi va gigiyenasi to‘g‘risida”gi 167-sonli Konvensiyasi ratifikatsiya qilindi. Mazkur konvensiyaning ratifikatsiya qilinishi qurilish sohasiga mehnat xavfsizligi va gigiyenasi bo‘yicha xalqaro standartlarni samarali joriy etishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

    Bu yo‘nalishdagi ishlarni yanada takomillashtirish maqsadida Xalqaro mehnat tashkilotining sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligi sohalarida mehnat munosabatlarini tartibga solishni nazarda tutadigan tegishli konvensiyalarini ratifikatsiya qilish masalalari Milliy komissiya a’zolari tomonidan o‘rganilayotgani qayd etildi.

    Foto: Oliy Majlis senati

    Foto: Oliy Majlis senati

    Ta’kidlanganidek, Milliy komissiya tomonidan mamlakatimizda soha bo‘yicha amalga oshirilgan islohotlarni xalqaro hamjamiyat diqqat e’tiboriga yetkazish hamda mamlakat imijini ko‘tarish maqsadida qator xalqaro tadbirlar va davra suhbatlari tashkil etildi va aniq natijalarga erishildi.

    AQSH Davlat departamenti tomonidan 2018-yilda e’lon qilingan “Odam savdosi bo‘yicha yillik hisobot”da O‘zbekiston quyi 3-daraja davlatlari qatoridan 2-darajadagi davlatlarning “nazorat ro‘yxatiga” o‘tkazilgan edi. Yaqinda e’lon qilingan navbatdagi hisobotda esa 2021-yildagi kabi xalqaro standartlarni to‘liq bajarish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirayotgan davlatlar (2- toifa) ro‘yxatida o‘zgarishsiz qoldirildi.

    Hisobotda O‘zbekistonda pandemiya sharoitida odam savdosiga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan ishlar yuqori baholangan. Xususan, odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar, shu jumladan, fuqarolarni majburiy mehnatga jalb qilgan rasmiylarni aniqlash va ularni jazoga tortish, paxta terimiga fuqarolarni majburiy jalb qilish holatlarining keskin qisqarganligi, odam savdosi qurbonlari uchun boshpanalar tashkil qilishga mablag‘ ajratish masalasiga katta e’tibor berilganligi alohida qayd etilgan.

    Tadbirda AQSH Davlat departamenti tomonidan e’lon qilingan Jahonda odam savdosi to‘g‘risidagi yillik ma’ruza hamda unda O‘zbekiston e’tibor qaratishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan bildirilgan tavsiyalar muhokama etilib, mazkur tavsiyalarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha alohida chora-tadbirlar rejasi qabul qilindi.

    Ma’lumki mamlakatimizda odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida o‘zbek paxtasiga qo‘yilgan boykot bekor qilindi. Bu o‘z navbatida o‘zbek paxtasining jahon bozoriga chiqish imkoniyatini yanada kengaytirdi.

    Bugungi kunda paxta-to‘qimachilik sohasidagi ko‘plab yirik brend korxonalarning vakillari yurtimizga tashrif buyurib, ushbu sohaga investitsiya kiritish istagini bildirmoqda. Shu bilan birga to‘qimachilik korxonalarida texnik va ishlab chiqarish standartlarini xalqaro darajaga moslashtirish nuqtai nazaridan takliflarini ham bermoqda.

    Shu munosabat bilan, Milliy komissiyasi tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilgan O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatiga xalqaro texnik standartlarni va ishlab chiqarish talablarini joriy etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasi muhokama etildi.

    Mazkur “Yo‘l xaritasi”da to‘qimachilik korxonalarida texnik va ishlab chiqarish standartlarini xalqaro darajaga moslashtirish, xalqaro brend va yirik kompaniyalarning mahalliy korxonalar bilan hamkorlik qilishga, paxta-to‘qimachilik sanoatidagi korxonalarimiz faoliyatiga xalqaro tan olingan mehnat, ishlab chiqarish, texnik va boshqa standartlarni keng tatbiq qilishga qaratilgan 20 ga yaqin tadbirlarni amalga oshirish belgilangan.

    Majlisda Milliy komissiya tarkibidagi Odam savdosiga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha kichik komissiyaga rahbarlik qilayotgan Ichki ishlar vazirligi hamda Majburiy mehnatga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha kichik komissiyaga rahbarlik qilayotgan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining axborotlari ham eshitildi.

    Muhokama qilingan masalalar yuzasidan Milliy komissiyaning tegishli qarori qabul qilindi hamda kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

    13.08.2022, 23:41   Izoh (0)   15707
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda ilk bor transplantologiya va kardioxirurgiya bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi

    13.08.2022, 23:10

    Samarqandda fuqarodan oliygohga kiritib qo‘yish uchun 4000 dollar pora olgan shaxs ushlandi

    13.08.2022, 21:57

    O‘zbekiston fuqarolarini xorijliklar bilan turmush qurishi kamaydi

    13.08.2022, 21:57

    Toshkentda 70 yoshli ayol “Qoraqamish” kanaliga tushib ketdi (video)

    13.08.2022, 21:15

    “O‘zbekneftgaz” AYQSHlarda Ai-80 avtobenzini yo‘q ekani haqidagi xabarlar yuzasidan ma’lumot berdi

    13.08.2022, 20:56

    Italiyada O‘zbekiston tovar-xomashyo birjasi vakolatxonasi ochiladi

    13.08.2022, 20:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.