• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentda san’atkor o‘z hamkasbini pichoqlab o‘ldirdi

    Toshkent shahrida san’atkor o‘z hamkasbini giyohvand moddalari ustida kelib chiqqan janjal sabab pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda “Daryo”ga Toshkent shahar sudlari matbuot xizmati xabar qildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Sudlanuvchi o‘zining iste’moli uchun tanishidan giyohvandlik vositasini sotib olish maqsadida, unga 350 000 so‘m bergan. Biroq tanishi va’dasini bajarmasdan, sudlanuvchiga giyohvandlik moddasini yetkazib bermaydi.

    Oqibatda ular o‘rtasida bo‘lib o‘tgan o‘zaro suhbatlar jarayonida kelishmovchilik yuzaga kelgan. Buning zamirida sudlanuvchida tanishidan o‘ch olish maqsadi paydo bo‘lgan.

    So‘ng, sudlanuvchi tanishiga qo‘ng‘iroq qiladi. Uning taklifi bilan shu kuni tanishining xonadoniga boradi. Ichkariga kirgach, muqaddam uni haqoratlagani sababli u bilan o‘zaro janjallashadi. Uni qasddan o‘ldirish maqsadida, xonadonda bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan qurollanadi.

    Yuvinish xonasiga kirgan tanishining ortidan kelib, pichoq bilan uning ko‘krak qafasi o‘ng tomon yuqori qismi, chap kurak osti qismiga sanchilgan-kesilgan jarohatlari yetkazadi. Tanishining harakatsiz yotganligini ko‘rganidan so‘ng voqea joyidan yashiringan.

    Hayot uchun xavfli bo‘lgan, ko‘krak qafasi chap tomoni orqa yuzasini teshib kirgan chap o‘pka va plevra varaqalarini shikastlagan sanchib-kesilgan jarohati oqibatida ichki va tashqi qon ketishdan tanishi tez-tibbiy yordam mashinasida vafot etgan.

    Voqea tafsiloti

    Sudlanuvchi sud zalida voqea qanday yuz berganini aytib berdi.
    2016-yilning yoz oylarida to‘y marosimida xizmatda yurganimda, boshqa bir guruh a’zolaridan biri bilan tanishib qolganman. Tanishimning taklifi bilan to‘yxona tashqarisiga chiqib, u olib kelgan nasha giyohvandlik vositasini iste’mol qildik. Keyin u meni giyohvandlik vositasi bilan tez-tez mehmon qilishni boshladi. Nashani qayerdan olayotgani aytmagan. U bilan tez-tez qo‘ng‘iroqlashib, undan giyohvandlik vositasini sotib olib, iste’mol qilishga o‘rganib qolgandim.

    Orada u “hozir nasha yo‘q”, deya “Lirika”ni 20 000 so‘m evaziga sotib olishni taklif qildi. Rozi bo‘lib, bir o‘zim iste’mol qildim. U bilan birga uning uyida ham iste’mol qilib kelganmiz. Oradan yillar o‘tdi... Zararli odatga ko‘ra, tanishimdan iste’molim uchun gashish sotib olish maqsadida qo‘ng‘iroq qildim. Topib berishini aytgani uchun uchrashib 350 000 so‘mni olib, gashishni olib kelishni va’da qildi. Biroq, olib kelmadi.

    Unga bir necha marotaba qo‘ng‘iroq qildim. Meni haqorat qildi, keyin esa qo‘ng‘iroqlarimga javob bermay qo‘ydi. Undan qasd olish uchun o‘z vaqtini kutib keldim. Dorixonadan 6 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotib olib, iste’mol qildim.

    Uyga qaytganimdan keyin tanishimning qilgan ishi esimga tushib qoldi. Tanishimga qo‘ng‘iroq qilib, “aka, unaqa yo‘q bo‘lib ketmang, bosh og‘rib keti-ku biror nima yo‘qmi?”, deya undan giyohvandlik vositasi bilan mehmon qilishini so‘radim. U “ukam yangi uyimda bir o‘zimman, mehmon qilaman”, dedi. Asl maqsadim esa undan menga nisbatan qilgan haqorati bo‘yicha qasd olish bo‘lgan.

    Manzilga yetib borganimda tanishim kutib olib, xonadoniga olib kirdi. Menga uyining barcha xonalarini ko‘rsatdi. Unga “esingdan chiqib qolmadimmi, 350 000 so‘mimni olib ketganding. O‘lganni ustiga tepgan qilib, onamdan so‘kib, meni haromi degansan”, deya janjallashib ketdik. So‘ng tanishimga “bo‘ldi, nashani oling, taksi kutib turibdi, chakib ketaman” dedim.

    U nashani iste’mol qilish uchun tayyorlab turgan vaqtida, o‘zi bilan oshxonadan pichoqni olib keldi. Unga “nashani tayyorlab, hammomga kiring va chelakka suv oling” deb aldab, qo‘lidan pichoqni oldim. Shu vaqtda u bukilgan holatida chelakka suv to‘ldirib turgan vaqtida, qo‘limdagi pichoq bilan hammomga kirib, “esingdan chiqdimi onamni so‘kkaning?”, deya bor kuchim bilan tanasining turli joylariga bir necha marotaba pichoq tiqdim. Qo‘l va oyoqlarim bilan urib, unga tan jarohat yetkazdim.

    Ushbu zarbalardan yotgan joyidan turolmay qoldi. Keyin qo‘limdagi pichoqni o‘zim bilan olib, xonadondan yugurib chiqdim. Uyning yo‘lakchasida dastro‘molim bilan qo‘limni qon dog‘laridan tozaladim. Pichoqni dastro‘molga o‘rab, cho‘ntagimga yashirib qo‘ydim.

    Ko‘chaga chiqib, men bilan birga kelib, mashinasida kutib o‘tirgan boshqa bir tanishim bilan ketdim. Mashina boshqaruvidagi tanishimga ushbu holatni bildirmadim. Uning telefonidan ukamga qo‘ng‘iroq qildim. Mashinaning musiqasini eshitib ketayotgan tanishim eshitmaydigan darajada past ovozda ukamga bo‘lib o‘tgan holatni aytib berdim.

    Keyin yo‘lda tushib qolib, pichoqni kanalga tashlab yubordim. Ukam va bir tanishim bilan ko‘rishdim. Ular meni avtomashinaga o‘tkazishib, ichki ishlar organlariga olib borishdi. Xodimlarga bo‘lib o‘tgan holatlarni to‘liq bayon qilib berdim. Hozirda qilgan ishimdan chin ko‘ngildan pushaymonman”, – deydi sudlanuvchi.

    Sud majlisida jabrlanuvchining qonuniy vakili – rafiqasi quyidagilarni bayon qildi.
    Turmushimizdan 2 nafar farzandimiz bor. Marhum turmush o‘rtog‘im san’atkor edi. 2021-yilning bahorida uyimizni sotib, boshqa tumandan yangi xonadon sotib oldik. Biroq u ta’mir talab bo‘lgani uchun ishlari tugaguncha ma’lum vaqt qizlik uyimda, erim esa qayinopamnikida yashadik.

    Erim har kuni xonadondagi kamchiliklarni ta’mirlash ishlarini olib borgan. Mudhish voqea sodir bo‘lgan kun erim tanishi qo‘ng‘iroq qilgani va bozorga borib unitaz olib kelib, o‘rnatishini aytgandi.

    Oradan taxminan ikki soat o‘tganidan keyin qaytib erimga qo‘ng‘iroq qilsam, javob bermadi. Soat 20:00 larda amakim qo‘ng‘iroq qilib, yangi uyda pichoqbozlik bo‘lgani, erimdan xabar olishimni aytdi.

    Yangi uyga borganimda, tegishli organ xodimlaridan erimni tanishi pichoqlab qo‘yganini va natijada vafot etganidan xabar topdim. Ertasi kuni erimning dafn marosimlarini o‘tkazdik. Erimning tanishi ham san’at olami vakili.

    Turmush o‘rtog‘im va uning munosabatlari dastlabki paytlarda yaxshi bo‘lgan. Biroq oxirgi paytlarda oralariga sovuqchilik tushganini sezgandim”, – deydi marhumning rafiqasi.

    Sud hukmi

    Sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi hamda 11 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

    Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 96-moddasini qo‘llab, jazoni ijro etish joylarida giyohvandlikdan (nasha) hamda toksikomaniyadan (Regopen, Tropikamid va Zardeks) majburiy tarzda davolash tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanilishi belgilandi.

    12.08.2022, 16:08   Izoh (0)   50757
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Farg‘onada yaroqsiz buyumlarni qayta ishlovchi sexda yong‘in sodir bo‘ldi

    12.08.2022, 15:58

    Toshkentda 70 yoshli ayol 96 yoshli onasini pichoqlab o‘ldirdi

    12.08.2022, 15:17

    “O‘zbekiston temir yo‘llari” ham Mustaqillik bayrami munosabati bilan chiptalarga chegirmalar e’lon qildi

    12.08.2022, 15:08

    “O‘zbekneftgaz”: “Maroqand neft bazasi”ning Bulung‘ur va Jomboy filiallarida 73 mlrd 775 mln so‘mlik talon-taroj va kamomad aniqlandi

    12.08.2022, 15:00

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston metallurgiya kombinatiga tashrif buyurdi

    12.08.2022, 14:51

    O‘zbekistonda dam olish kuni harorat ko‘tarilishi kutilmoqda

    12.08.2022, 14:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50

    Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

    Dunyo | 18 iyul, 22:35

    Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.