Dushanba 8-avgust kuni, 1942-yildan buyon so‘nggi 80 yildagi eng kuchli yog‘ingarchilik tufayli Seul va unga tutash hududlar suv ostida qoldi.
Suv toshqinlari natijasida to‘qqiz kishi halok bo‘lgan, yana yetti kishi bedarak yo‘qolgan. 2,6 mingdan ortiq uy suv ostida qolgan.
Meduza nashri kuchli yog‘ingarchilikning talafotli oqibatlari aks etgan suratlarni jamladi.
Tabiiy ofat sababli Seul va uning atrofidagi hududlarda 1,2 ming kishi vaqtinchalik boshpanalarga joylashtirilgan. Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan mamlakat fuqarolaridan hukumat nomidan uzr so‘radi.
Mavzuga doir: Janubiy Koreyada kuchli yomg‘ir yetti kishining hayotiga zomin bo‘ldi
Izoh (0)