Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘i tizimini monitoring qilish, boshqarish va ekspluatatsiya qilish jarayonlarini takomillashtirishga qaratilgan zamonaviy raqamli texnologiyalarini joriy etish maqsadida dispetcherlik nazorati va ma’lumotlarni yig‘ish bo‘yicha yangi texnik-dasturiy kompleks (SCADA) hamda elektr energiyasini boshqarish tizimini (EMS) joriy etish uchun tender e’lon qilinadi. Bu haqda Dunyo axborot agentligi xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ (“O‘zMET”) tomonidan SCADA/EMS/RTU va telekommunikatsiya va optik tolali kabellar loyihasi doirasida optik kabellar, axborot tizimlarini o‘rnatish hamda tovarlar, ishlar, konsalting va nokonsalting xizmatlarini xarid qilish uchun Jahon bankidan 115 million dollar miqdorida kredit mablag‘lari jalb etilmoqda.

Loyiha doirasida 113 ta podstansiyada raqamli qurilmalar o‘rnatiladi va 2 900 km optik tolali aloqa tarmog‘i tortiladi.

Natijada elektr uzatish tizimini monitoring qilish, boshqarish va ekspluatatsiya qilish jarayonlarini takomillashtirishga qaratilgan zamonaviy raqamli va telekommunikatsiya texnologiyalari joriy etiladi. Ular dispetcherlik nazorati va ma’lumotlarni yig‘ish bo‘yicha yangi texnik-dasturiy kompleks, shuningdek, elektr energiyasini boshqarish tizimini yaratishni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariyalarning oldini olish va tezkor bartaraf etish, ma’lumotlarni masofadan turib onlayn tarzda uzatish imkoniyati yaratiladi.

Xaridlar Jahon banki tomonidan moliyalashtiriladigan shartnomalar bo‘yicha xaridlar qo‘llanmasida ko‘rsatilgan tartiblarga muvofiq amalga oshiriladi. Tanlov Jahon bankining qarz oluvchilari uchun xaridlar yo‘riqnomasida belgilanganidek, barcha munosib kompaniyalar va jismoniy shaxslar uchun ochiq hisoblanadi.

Loyiha bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tganidan so‘ng Jahon banki kelishilgan dastlabki xarid rejasini va barcha yangiliklarni o‘zining tashqi veb-saytida e’lon qilishi belgilangan. Tender takliflarini qabul qilish joriy yil 30-noyabr kuniga qadar rejalashtirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Qirg‘iziston ta’lim vaziri xorijlik talabalardan pora olayotgan vaqtda ushlandi
Dunyo
Qozog‘iston Rossiyaga harbiy texnika yuborayotgani haqidagi xabarlar yuzasidan mamlakat Mudofaa vazirligi izoh berdi
Mahalliy
O‘zbekistonda 30-sentabrda qanday ob-havo kutilmoqda?