Toshkentda 8-avgust kuni tush payti oralig‘ida G3 darajali 4 balli magnit bo‘ronlari bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
“O‘zgidromet” mutaxassisi Erkin Abdulahatovning yozishicha, magnit bo‘ronlarini 3 soat muddat oralig‘ida bo‘lishi kutilmoqda.
Magnit bo‘roni yuqori faolligi tush paytiga to‘g‘ri kelayotgani uchun, bu omilning organizmga salbiy oqibatlarini yumshatish maqsadida, ovqatlanish ratsioniga baliq va ko‘kat mahsulotlarini kiritish, iste’mol qilish tavsiya etiladi.
Magnit bo‘ronlarining G3 darajasi kuzatilgan davrda ko‘pchilikda bosh qismining orqa tomonida biroz og‘rish kuzatiladi. Bu paytda shu kabi insonlarga kamroq harakat qilish hamda uyda ko‘proq o‘tirish tavsiya etiladi.
Mavzuga doir: “O‘zgidromet” hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi