Toshkent viloyati Nurafshon shahrida “Yangi O‘zbekiston” bog‘i barpo etiladi. Bu haqda viloyat hokimining 5-avgustdagi qarorida belgilangan.
Unga ko‘ra, ushbu bog‘ Nurafshon shahar “Yangiobod” MFY Nurafshon biznes city hududidagi 22,28 gektar yer maydonida quriladi. Hokimning shu kundagi farmoyishiga ko‘ra, barpo etilishi rejalashtirilayotgan bog‘ qurilishiga viloyat mahalliy budjetining 2022-yil II choragi yakuni bilan shakllangan daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan 10 milliard so‘m ajratiladi.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning noyabrida Nurafshonda Zulfiya Zokirova haykalini qurish uchun 28,4 mlrd so‘m, shuningdek, kutubxona binosining qurilishi uchun 6 milliard so‘m mablag‘ ajratilgandi. Keyinchalik ushbu loyiha amalga oshirilishi kechiktirildi.
Izoh (0)