Nishon tumani hokimi o‘rinbosari xizmat avtomobilida 49 yoshli fuqaroni urib yuborib, uning o‘limiga sabab bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Bosh prokuratura axborot xizmati holat yuzasidan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning ma’lumot berishicha, hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Avvalroq Nishon tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Erkin Boboqulov o‘ziga biriktirilgan xizmat avtomobilida YTH sodir etib, 49 yoshli fuqaroning o‘limiga sababchi bo‘lgani, bu haqda jamoatchilikka Qarshi tumani IIB boshlig‘i N.Ovlayevning ma’lumotnomasi orqali ma’lum bo‘lgani xabar berilgandi.
Shundan so‘ng voqeani tasdiqlagan viloyat IIB axborot xizmati holat 30-iyul kuni soat taxminan 23:50 larda xalqaro ahamiyatdagi A-380 avtomobil yo‘lining 12-kilometri, ya’ni Qarshi tumani “Taxtapul” MFY hududida sodir bo‘lganini ochiqladi. Va holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi.
Mavzuga doir: Jizzaxda yuk mashinasi ag‘darilishi oqibatida yo‘lovchi vafot etdi
Izoh (0)