Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I AQSH palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga tashrifiga Pekinning munosabati bilan G7 mamlakatlari tomonidan chiqarilgan qo‘shma bayonotni “chiqindi qog‘oz” deb atadi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Foto: Global Look Press
Menimcha, bu bayonot shunchaki chiqindi, qog‘oz bo‘lagidir”, — degan vazir Kamboja poytaxti Pnompen shahrida bo‘lib o‘tayotgan ASEAN tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishi chog‘ida.
Diplomatning qo‘shimcha qilib: “Ichki ishlarga aralashmaslik - dunyomizda tinchlik va barqarorlikni saqlashning asosiy tamoyilidir. Biz o‘rmon qonunining davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarda yana hukmron bo‘lishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz”, – deydi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “to‘g‘ri va noto‘g‘ri, oq-qorani chalkashtirib yuborgan bayonot tajovuzkorlikni oqlaydi va himoyachilarni esa qoralaydi ”.

“Xitoy tomoni bu “bayonot”ga keskin qarshi”, — dedi Van I.

Avval xabar qilinganidek, G7 davlatlari Nensi Pelosi Tayvan oroliga tashrifi fonida Pekinning qilgan harakatlaridan xavotir bildirgan.

Katta yettilik davlatlari Pekinni mintaqadagi status-kvonni kuch bilan va bir tomonlama o‘zgartirmaslikka, balki Taypey bilan kelishmovchiliklarni tinch yo‘l bilan hal qilishga chaqirdi. Shu bilan birga, “Katta yettilik” davlatlari “yagona Xitoy” tamoyiliga asoslangan siyosatida hech qanday o‘zgarishlar yo‘qligiga ishontirdi.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi tashrifga qarshi choralar “kuchli va samarali” bo‘lishini hamda bu AQSH va Tayvanda ham sezilishini aytdi.

Pekin shuningdek, aviakompaniyalarni oltita zonada Tayvan yaqinidagi havo hududiga kirmaslik haqida rasmiy ogohlantirdi. Bundan tashqari, Xitoy oroldan sitrus mevalar, bir necha turdagi baliq va boshqa bir qator oziq-ovqat mahsulotlarini olib kirishga taqiq qo‘ydi.

Mavzuga doir: Xitoy elchisi Britaniya deputatlarining Tayvanga tashrifi oqibati yomon bo‘lishidan ogohlantirdi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda bank xodimlari bankomatlarga joylashtirish uchun ajratilgan 111 mln so‘mni o‘zlashtirgani aniqlandi
Mahalliy
O‘zbekistonda magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlarning kontrakt to‘lovini qoplab berish tartibi belgilandi
Mahalliy
Toshkentdagi klinikada janjal ko‘targan opa-singilga sud hukmi o‘qildi