Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSH Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) Shimoliy Makedoniyada “yoshlarning jamiyat hayotiga ijobiy hissasini oshirish” loyihasini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Dastur 15 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lganlar uchun mo‘ljallangan. AQSH loyihani amalga oshirish uchun besh yil ichida yetti million dollar sarflashga tayyor.

Foto: Pixabay

Foto: Pixabay

USAID yoshlar — strategik maqsadlarga erishish uchun “eng katta manba”, ya’ni “yevroatlantika integratsiyasi g‘oyasiga sodiq, farovon, yaxshi boshqariladigan va barhayot Shimoliy Makedoniya” ekanini ta’kidladi.

Dastur faoliyati yoshlar uchun jozibador iqtisodiy imkoniyatlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali yoshlarning jamiyat va jamoaviy boshqaruvga ijobiy hissasini oshirishga, muayyan lavozimlarni egallash, martaba zinapoyasida yuqoriga ko‘tarilish va jamoat hayotida ishtirok etish uchun zarur bo‘lgan kasbiy fazilatlarini oshirishga qaratilgan”, — deyiladi hujjat matnida.
Bundan tashqari, USAID yosh avlodni mas’uliyat, qonunga itoatkorlik, mustaqillik, maqsadlilik, axloqiy me’yorlarga qat’iy rioya qilish kabi fazilatlarni tarbiyalashni rejalashtirgan. Agentlik xususiy sektor korxonalari, Bolqon davlatining yoshlar tashkilotlari va davlat muassasalari bilan hamkorlik qilish niyatida.

19-iyul kuni Albaniya va Shimoliy Makedoniyaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi bo‘yicha muzokaralar boshlangan. Avval YIning 20 dan ortiq davlati Albaniya va Shimoliy Makedoniyaning ittifoqqa qo‘shilishi masalasini muhokama qilishda Bolgariya vetosini yengib o‘ta olmagan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Turkiyadagi fuqarolarga murojaat bilan chiqdi 
Mahalliy
O‘zbekistonda 7-fevral kuni 20 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda 
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi