Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida “Qoradori—2022” tezkor tadbiri o‘tkazilib, unda fuqaro tomorqasida 25 tup kannabis yetishtirgani aniqlandi. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi xabar qildi.

Foto: Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi

Foto: Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi

Unga ko‘ra, G‘ijduvon tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida tumanning “Rostgo‘y” mahallasida yashovchi J.J. ismli shaxs o‘zining yashash xonadonidagi tomorqasi 15x20 metr hajmdagi yer maydonida 25 tup kannabis o‘simligini qonunga xilof ravishda ekib, parvarishlab kelayotgani aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi (taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Qatarlik investorlar “Manchester Yunayted”ni sotib olishga jiddiy kirishgan. Bu ularga 8 mlrd funtdan ko‘proqqa tushishi mumkin
Dunyo
Kim Chen In qizi va rafiqasi bilan armiya komandirlarining qarorgohiga tashrif buyurdi (foto)
Mahalliy
BMT Termizdan Afgʻonistonga navbatdagi insonparvarlik yordamini joʻnatdi