Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Andijon davlat tibbiyot institutiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Tergov departamenti axborot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lum qilinishicha, 27-iyul kuni soat 12:00 da 39 yoshli M.A. Andijon shahri “Mustaqillik” MFY hududida joylashgan “Pushkin” istirohat bog‘i oldida 36 yoshli A.X. bilan uchrashgan. A.X.ning jiyanini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Andijon davlat tibbiyot institutiga o‘qishga olib kirib qo‘yishini aytib, undan kimyoviy ishlov berilgan 10 ming dollar pulni olayotgan vaqtida IIB xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahri IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tomonidan M.Z.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u protsessual tartibda ushlangan.

Jinoyat ishi doirasida jinoyatning kelib chiqish sabablari o‘rganilib, huquqiy baho berilishi ta’minlanadi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Foto: Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosim
Sport
Eng tartibli himoyaga ega O‘zbekiston, 69 gol va yuzdan ortiq sariq kartochka. U-20 Osiyo Kubogi—2023 raqamlarda
Mahalliy
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda yagona to‘lov tizimi yaratishni taklif qildi