“Borussiya D” hujumchisi Sebastyan Allerga gistologik tekshiruvdan so‘ng tashxis qo‘yildi.
Endi 28 yoshli futbolchi kimyoterapiyadan o‘tishi kerak bo‘ladi. Shu tufayli hujumchi bir necha oyni o‘tkazib yuboradi.
“Aller davolanadi. Sog‘ayib ketish ehtimoli juda yuqori.
Unga va oilasiga katta sabr va optimizm tilaymiz. Biz qiyin damda u bilan birga ekanligimizni bildirmoqchimiz”, — deydi dortmundliklar sport direktori Sebastyan Kel.
Avvalroq Sebastyan Allerda saraton aniqlangani xabar qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, “Borussiya” Allerni “Ayaks”dan 31 million yevroga (yana 4 million bonus) sotib olgandi. Bu dortmundliklar uchun klub tarixidagi rekord transfer bo‘lgandi.
Izoh (0)