“Dinamo” ikkinchi davra oldidan o‘z safiga legioner futbolchini qo‘shib oldi.
“Navbahor” safida harakat qilgan Elguja Grigalashvili samarqandliklar bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladi.
32 yoshli yarim himoyachi 2023-yil so‘ngiga qadar “Dinamo” sharafini himoya qiladi.
“Dinamo” Tbilisi tarbiyalanuvchisi bo‘lmish Elguja bunga qadar “Dinamo” Batumi, “Torpedo”, “Qizilqum”, “OKMK” va “Navbahor” sharafini himoya qilgan. Futbolchi Superliga 2022-yilgi mavsum birinchi davrasi “Navbahor” safida 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta golga mualliflik qilgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)