Martin Breytueyt “Barselona”ni qachon tark etishi mumkinligi haqida gapirdi.
Hujumchi o‘ziga qiziq bo‘lgan takliflarni ko‘rib chiqmoqda, deya xabar beradi Diario Sport.
31 yoshli futbolchi “Barselona”ni tark etadigan bo‘lsa, Ispaniya yoki Angliyaning yuqori darajadagi klublariga o‘tishni xohlaydi. Breytueyt turnir jadvalining quyi qismida bo‘ladigan jamoalarga o‘tishni istamaydi.
Agarda birorta taklif Martinni qoniqtirmasa, daniyalik “ko‘k-anorranglilar” safida qolishni ma’qul ko‘radi.
Ma’lumot uchun, Breytueyt 2020-yilda “Leganes” safida kataloniyaliklar tarkibiga o‘tgandi. “Barselona” hujumchi uchun 18 million yevro to‘lab bergan edi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)