• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login

    Korrupsiyaga qarshi kurashishda yetakchi davlatlarning tajribasi qanday?

    Ta’kidlash joizki, korrupsiya qanday ko‘rinishda bo‘lmasin, o‘zining salbiy illatlari oqibatida har qanday tashkilotning samarali ish faoliyatini cheklashi bilan birga inson resurslarini boshqarish jarayonini ham izdan chiqaradi.

    Bugungi kunda jamiyat va davlatning rivojlanishiga erishish bir tomondan sohalardagi muammolarni aniqlash hamda uni izchillik bilan bartaraf etish choralarini ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lsa, boshqa tomondan bu vazifalarning amalga oshirilishi kadrlar siyosati shaffofligini ta’minlash hamda uni korrupsiyadan holi qilish zaruriyatini taqozo etadi.

    Davlat organlari yoki huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning ish faoliyatida favoritizm, nepotizm, urug‘-aymoqchilik, tanish-bilishchilik yoki hokimiyatni suiiste’mol qilish kabi korrupsiyaning bir necha shakllari ko‘zga tashlanishi mumkin. Ko‘pgina xorijiy mamlakatlarda boshqa tarmoqlardagi singari kadrlar bilan ishlash masalasida ham korrupsiyaga qarshi kurashishga oid mexanizmlar amaliyotga joriy etilgan. Xususan,

    - ishga qabul qilishda ta’lim jarayonida olingan baholar (Germaniya) yoki ishga kirish imtihonlaridan a’lo darajada o‘tishga asosiy e’tibor qaratiladi (Janubiy Koreya);- korrupsiya jinoyatini sodir etgan shaxsning ushbu lavozimda qayta ishlashiga cheklov o‘rnatilgan;- ish vaqtidan tashqari ishlash taqiqlanadi;- xususiy kompaniyalarga egalik qilish soni cheklangan;- korrupsiyaviy omillar haqida xabar berish (whistle blowing) va boshqalar.

    Inson resurslarini boshqarishda mansabni suiiste’mol qilish alomatlariga barham berishda o‘ziga xos tendensiyalarni amalga oshirgan davlatlardan biri AQSH bo‘lib, ushbu davlatda korrupsiyaga qarshi qonunchilik anchayin murosasiz xarakterga ega.AQSHda davlat xizmatchilari orasida korrupsiya profilaktikasini ta’minlash maqsadida, “Ma’muriy axloq” qoidalari ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, davlat xizmatchisi lavozim maoshi summasining 15 foizidan yuqori bo‘lgan haq evaziga tashqi o‘rindoshlik asosida boshqa joyda ishlashi taqiqlanadi. Bu cheklov AQSH senati a’zolaridan tashqari barcha mansabdor shaxslarga taalluqli hisoblanadi.

    AQSHning korrupsiyaga qarshi kurashish strategiyasining yana bir muhim qoidasi bu – mansabdor shaxsning sovg‘a olishiga nisbatan taqiq qo‘yilganligidir. Qoidaga muvofiq, barcha davlat idorasi xodimlarining bir kalendar ish yili mobaynida umumiy qiymati 100 AQSH dollardan oshadigan sovg‘alarni qabul qilishi taqiqlanadi (AQSH Kongressi xodimlari 250 AQSH dollargacha). Bundan tashqari, Ma’muriy axloq qoidalariga binoan, sayohat bileti shaklida sovg‘a olishga ham cheklov bor. Bunda, mamlakat ichida sayohat qilishda 3 kun (ikki kecha), chet elga esa, 7 kungacha (olti kecha) chegara belgilangan. Bunday cheklov hattoki senatorning oila a’zolariga ham tatbiq qilinadi.

    Buyuk Britaniyada xodimlar va ish beruvchilar o‘rtasida korrupsiyaviy omillar urchishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida “Davlat xizmati kodeksi” ishlab chiqilgan.

    Ushbu kodeks normalariga amal qilish barcha davlat xizmatchilari ish faoliyatining asosiy sharti hisoblanib, halollik, haqgo‘ylik, obyektivlik va xolislik tamoyillariga asoslangan. Qoidalarga ko‘ra, barcha vazirlik xodimlari o‘z faoliyatida manfaatlar to‘qnashuviga duch kelganligi yoxud sovg‘a-salom olgan yoki olmaganligidan qat’iy nazar har 6 oyda elektron deklaratsiyani to‘ldirishi lozim. O‘z navbatida deklaratsiya to‘ldirilishi bilanoq tashkilot rahbari avtomatik ravishda xabardor qilinadi va rahbarlar 5 ish kunida deklaratsiya ma’lumotlarini ko‘rib chiqishi hamda tegishli choralarni ko‘rishi joiz.

    Shuningdek, Buyuk Britaniyada xodimlarning tengligi va ish haqi to‘lanishida shaffoflikka erishish maqsadida “Rahbar xodimlar ish haqini tekshirish organi (Review Body on Senior Salaries)” tashkil etilgan. Ushbu organ yuqori lavozimli davlat xizmatchilari, sud tizimi, harbiylar, politsiya xodimlari va Angliya sog‘liqni saqlash xizmatining yuqori martabali xodimlari uchun mehnatga haq to‘lash borasida maslahat beradi.

    Shu bilan birga, barcha vazirlik va idoralarda faoliyat yurituvchi xodimlarning qancha maosh olishi Hukumatning veb-saytida muntazam ochiq e’lon qilib borilishi qoida tariqasida amal qiladi.

    Aytish joizki, Buyuk Britaniyada ish samaradorligiga erishish va korrupsiyani oldini olishda shuningdek, tashkilotlarda ichki audit tomonidan xarajatlar auditi nazoratga olingan. Bunda har bir tashkilotda ish vaqtida amalga oshirilgan barcha xarajatlar jumladan, xodimlarning xizmat safarlardagi xaridlarining cheklari ham 3 yilgacha saqlanishi talab etiladi. Ichki audit istalgan paytda korxonaning yoki xodimning xarajatlarini tekshirish huquqiga ega.

    Ko‘plab davlatlarda bo‘lgani kabi Yaponiyada ham korrupsiyaga qarshi kurashning muhim yo‘nalishi kadrlar siyosati bilan bog‘liq. Yaponiyada kadr boshqaruvi siyosati meritokratiya (ta’limda erishilgan natijalarga ko‘ra ishga yollash) va xizmatga yo‘naltirilganlik tamoyili asosida qurilgan bo‘lib, o‘z navbatida munosib ish haqi ham kafolatlangan. Bundan tashqari, mamlakatda korrupsiya yoki uyushgan jinoyatchilikda ayblangan shaxslar reyestri yuritilib, faktlar ommaviy axborot vositalari orqali jamoatchilik e’tiboriga havola etilishi shaxslarning o‘z xatti-harakatlarini nazorat qilishiga imkon yaratadi.

    Germaniyada mansabdor shaxslar uchinchi shaxslar manfaatini ko‘zlashi natijasida ishdan bo‘shatilganda 5 yilga qadar tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish taqiqlangan (AQSHda 2 yil). Xitoyda yuqori martabali rahbarlarning farzandlari yoki qarindoshlariga biznes ishi bilan shug‘ullanish, bu sohada agent yoki maslahatchi bo‘lish taqiqlanadi.

    Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, rivojlangan mamlakatlarning aksariyatida inson resurslarini boshqarish jarayonini korrupsiyadan jilovlashda avvalambor yuqori mansabdor shaxslarni korrupsiyadan tiyib turuvchi mexanizmlar yaratilishiga, shaffof ish haqi paketlari taqdim etilishiga, ochiqlik tamoyilining ilgari surilishiga asosiy e’tibor qaratilgan. Zero, har qanday soha faoliyatini rivojlantirilishiga bel bog‘lash dastavval yuqori davlat boshqaruv organlari va uning quyi bo‘g‘inlarini korrupsiyaning tub ildizlaridan xalos etish zaruriyati bilan chambarchas bog‘lab turadi.

    Farangiz Nurbobeva, 

    Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti mas’ul xodimi

    26.07.2022, 15:50   Izoh (0)   27479
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH davlat departamenti islohot vaji bilan 1 350 dan ortiq xodimini ishdan bo‘shatadi — CNN

    Dunyo | 13 iyul, 11:25

    “Mutlaqo kechirilmas va keskin qoralovga loyiq” — Qo‘ng‘irotboy Sharipov OTMga kirishdagi korrupsiya haqida

    O‘zbekiston | 13 iyul, 10:54

    Rossiya mamlakatning uchinchi eng yirik oltin ishlab chiqaruvchisini milliylashtirdi

    Dunyo | 13 iyul, 10:38

    Farg‘onada fuqaro o‘z tanishini Gentra’da qasddan urib, o‘ldirib qo‘ydi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 10:14

    O‘zbekistonning olis va chekka hududlarida xorijiy tillar bo‘yicha o‘quv markazi ochadigan yoshlarga foizsiz qarz beriladi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 09:32

    Salomatlik haqidagi zamonaviy tibbiyot allaqachon inkor qilgan yanglish fikrlar

    Salomatlik | 13 iyul, 08:39

    Putin Eronni yashirincha uranni boyitishdan voz kechishga chaqirdi

    Dunyo | 13 iyul, 08:25

    O‘zbekistonda muomalaga chiqarilgan bank kartalari soni keskin o‘sdi

    Iqtisodiyot | 13 iyul, 08:00

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.