Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Samarqand viloyati Past Darg‘om tumanida bir guruh shaxslar sodir etishi mumkin bo‘lgan katta janjalning oldi olindi. Bu haqda viloyat ichi ishlar boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Samarqand viloyati ichi ishlar boshqarmasi

Foto: Samarqand viloyati ichi ishlar boshqarmasi

Xabar qilinishicha, “Zangiboyi” mahallasi hududidagi oshxonalarning birida ikki kishi ovqatlanib o‘tirgan. Past Darg‘om tumani “Baxshiboyi” mahallasida yashovchi, ularga oldindan tanish bo‘lgan Sindor, Asad, Ramziddin, Kamron, Ma’ruf hamda Ali ismli shaxslar mast holatda hech bir sababsiz baqir-chaqir qilib, ularni yoniga chaqirgan va salomlashmaganini vaj qilib, janjal ko‘targan.

Foto: Samarqand viloyati ichi ishlar boshqarmasi

Foto: Samarqand viloyati ichi ishlar boshqarmasi

Viloyat IIB JQB Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘limi xodimlari tomonidan olingan tezkor ma’lumotlarga asosan, hodisa joyiga IIBning tezkor xodimlari hamda Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi xodimlari yetib borib, barcha shaxslar ushlanib, janjalning oldi olingan.

Foto: Samarqand viloyati ichi ishlar boshqarmasi

Foto: Samarqand viloyati ichi ishlar boshqarmasi

Aniqlanishicha, tumandagi “Zangiboyi” va “Baxshiboyi” mahallalarida yashovchi ushbu shaxslar o‘rtasida oldindan kelishmovchilik bo‘lgan. Holat yuzasidan ushbu janjalga yetakchilik qilgan 6 nafar shaxsga nisbatan Samarqand viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 2 kishi qamoqqa olingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Abdulla Aripov Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni partiya kotibi bilan uchrashdi
Turkmaniston
Turkmaniston Arqadag‘ shahri loyihasini BMT Bosh assambleyasida taqdim etadi
Kripto
Bir haftada Binance kriptobirjasidan 2 mlrd dollardan oshiq mablag‘ chiqib ketdi