Toshkent shahrining Yashnobod va Sergeli tumanlarida yo‘l talashgan haydovchi va yo‘lovchilar orasida janjal kelib chiqdi.
Ma’lum qilinishicha, Yashnobod tumani IIO FMBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, Beshariq va Birlashgan ko‘chalari chorrahasida 20 yoshli A.K., 21 yoshli A.T. va 26 yoshli O.R. o‘zaro janjal oqibatida, haydovchi 32 yoshli R.X.ga tan jarohatlari yetkazgan, shundan so‘ng ular hodisa joyidan yashiringan.
Aynan yo‘l harakati qoidalariga rioya qilmaslik haydovchilar o‘rtasidagi mojaroga sabab bo‘lgan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Xuddi shunday holat Sergeli tumanida ham sodir bo‘lgan. 32 yoshli I.X. 43 yoshli F.M.ni urib, tan jarohati yetkazgan. O‘zaro janjal haydovchilarning yo‘lni talashib qolgani oqibatida kelib chiqqan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)