So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12315
    • RUB 138.99
    • EUR 13489.85
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +13°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Dunyo

    Italiya prezidenti ikkinchi so‘rovda bosh vazir Mario Dragining iste’fosini qabul qildi

    21.07.2022, 16:07 6997

    Italiya bosh vaziri Mario Dragi mamlakat prezidenti Serjo Mattarellaga o‘z iste’fosi haqidagi so‘rovni ikkinchi marta topshirdi, deb xabar bermoqda Reuters.

    Mario Dragi

    Mario Dragi
    Foto: Reuters

    Prezident idorasining xabar qilishicha, Mattarella uning iste’fosini “e’tiborga olgan” va Dragidan vaqtinchalik bosh vazir lavozimida qolishni so‘ragan.

    Mattarella buyog‘iga nima qilmoqchiligi hozircha noma’lum. Reuters agentligining manbalarga tayanib, xabar berishicha, Italiya prezidenti parlamentni tarqatib yuborishi va oktabr oyida muddatidan oldin saylovlar o‘tkazishi mumkin.

    Bir hafta oldin, 14-iyul kuni Mario Dragi Italiya hukumatini qo‘llab-quvvatlovchi parlamentning hukmron koalitsiyasida bo‘linish yuz bergani tufayli iste’foga chiqishini ma’lum qilgandi. O‘shanda Serjo Mattarella iste’foni qabul qilishdan bosh tortdi va Dragidan parlamentda uning hukumati 2023-yil boshiga qadar barqaror ko‘pchilikka umid qila oladimi yoki yo‘qligini aniqlashni so‘radi.

    Parlament koalitsiyasida uzil-kesil bo‘linish 20-iyul kuni, Dragining uchta asosiy hamkori u chaqirgan ishonch votumini rad etishi ortidan yuz berdi.

    Mario Dragi 2021-yilning fevralida Italiya bosh vaziri lavozimini egallagan. Ukrainada urush boshlanganidan so‘ng, u Kiyevni faol qo‘llab-quvvatlovchi Yevropa liderlaridan biriga aylandi.

    Iyun oyida Italiya parlamentidagi eng yirik partiya – hukmron koalitsiya tarkibiga kiruvchi “Besh yulduz harakati”da bo‘linish yuz berdi. Bu Ukrainaga qurol yetkazib berish masalasi bilan bevosita bog‘liq edi. Xususan, partiya qurol yetkazib berishni qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortgani uchun Italiya tashqi ishlar vaziri Luiji Di Mayo undan chiqib ketdi.

    Mavzuga doir: Italiya bosh vaziri Rossiyaning “doimiy muvaffaqiyatlari”ga qaramay, Ukrainaga yordamni to‘xtatmaslikka va’da berdi

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    × Lightbox Image

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonga 10 oyda qancha fuqaro xorijda qiyin ahvolda qolgani uchun qaytarilgani ma’lum qilindi

    Bugun, 17:40

    Imzo Surxondaryo viloyatida yangi franshiza fabrikasini ochdi

    Bugun, 16:30
    Reklama

    Putin Amerikadagi prezidentlik saylovi natijalarini bilmaguncha, urushni to‘xtatmaydi — AQSH davlat departamenti

    Bugun, 17:28

    FVV o‘zini “pojarniy” xodimi deb tanishtirib, fuqarolardan yillik to‘lov undirayotgan firibgarlardan ogohlantirdi

    Bugun, 17:06

    Burkina-Fasoda jangarilar 40 nafar tinch aholini o‘ldirdi

    Bugun, 17:05

    Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi

    Bugun, 16:53

    “Qozog‘iston Yevropani Xitoy tovarlari bilan ta’minlamoqda” — Smailov

    Bugun, 16:37

    O‘zbekiston Isroilni Golan tepaliklarini tark etishga va 1967-yilgi chegaralariga qaytishga chaqiruvchi rezolyutsiyaga ovoz berdi

    Bugun, 16:27

    O‘zbekistonda korrupsiya eng ko‘p uchrayotgan sohalar maʼlum qilindi

    Bugun, 16:22

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi pastladi

    Bugun, 16:12

    “Real” Karlo Anchelotti bilan shartnomani uzaytiradi

    Bugun, 16:03

    Tavsiya etamiz

    Marsda yashashga tayyorgarlik, chiqindi qutisini titayotgan yigit, go‘zallik ma’budasi tug‘ilgan joy — 28-noyabr suratlari

    23:00 / 28.11.2023

    Uylariga qaytayotgan falastinliklar, butun boshli shaharni vayron qilgan to‘fon, Yangi yilga bezatilgan Oq uy — 27-noyabr suratlari

    23:00 / 27.11.2023

    Falastinliklar uchun ommaviy qabr, mehmonxonaga joylashgan kurkalar, Shukronalik kuniga bag‘ishlangan parad — hafta suratlari

    22:00 / 26.11.2023

    “15 sutkaga tiqasan, kimi kelsa ham chiqarmaysan”. Termiz hokimi qonun himoyachilarining ko‘z o‘ngida O‘zbekiston qonunlarini oyoqosti qildi

    17:00 / 26.11.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.