Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzaqov Rossiyaning “Aeroporti Regionov” xoldingi vakillari bilan uchrashdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Uchrashuvda Namangan xalqaro aeroportini rivojlantirish istiqbollari hamda bu borada “Aeroporti Regionov” xoldingining sheriklik ishtiroki imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Xolding bosh direktori o‘rinbosari Sergey Krasnov boshchiligidagi mehmonlar tomonidan Namangan xalqaro aeroportini yanada kengaytirish hamda modernizatsiya qilish istiqbolli loyiha ekani qayd etildi.

Foto: Namangan xalqaro aeroporti

Foto: Namangan xalqaro aeroporti

Kelgusida Namangan aeroportini Yevropa va Osiyo o‘rtasida xalqaro tranzit xabiga aylantirish, qo‘shimcha kargo terminali barpo etish orqali yuk tashish hajmini oshirish imkoniyatlari yuqori baholandi. Shuningdek, vodiy viloyatlari uchun yagona yirik xalqaro aeroport qurish loyihasi yuzasidan ham fikr almashildi.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 26-mart kuni qanday ob-havo kuzatiladi?
Salomatlik
Filtrlangan, qadoqlangan yoki qaynatilgan: organizm uchun eng foydali suv qaysi?
Mahalliy
Wizz Air Toshkent va Samarqandga parvozlar sonini oshirmoqda