Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Buxoro viloyati Buxoro tumanida Matiz yonib ketdi, deya xabar qilmoqda viloyat FVB.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

2022-yilning 18-iyul kuni soat 21:50 da Buxoro tuman “Xonabod” MFY, Xonabod ko‘chasi yo‘l yoqasida harakatlanib ketayotgan, Matiz avtomobilida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida Buxoro viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tezkor boshqaruv markaziga xabar kelib tushdi.

Xabar yuzasidan 2 ta yong‘in qutqaruv avtoekipajlari jalb etilib, 21:53 da yetib borgan va 22:01da batamom o‘chirilishiga erishildi. Yong‘in oqibatida avtomashinaning old motor, kuzovi va salon qismi qisman yongan.

Birlamchi ma’lumotga ko‘ra yong‘inning kelib chiqish sababi elektr simlarining qisqa tutashuvi deb taxmin qilinmoqda. Hozirda moddiy zarar aniqlanmoqda.

Yong‘in oqibatida fuqarolarning kuyish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Ajoyib sujet va yuqori reytingga ega bo‘lsa ham tomoshabinlar e’tiboridan chetda qolgan 2022-yilda chiqqan ajoyib multfilmlar
Mahalliy
Kechikkan sovg‘a: Jizzax viloyati hokimligi 28-mart kuni Xalqaro xotin-qizlar kuniga atab 465 mln so‘mlik tender o‘tkazdi
Mahalliy
Prezident viloyat hokimlari va elchilarga eksportni 2,5 mlrd dollarga yetkazish bo‘yicha topshiriq berdi