Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Britaniya fuqarosi, Ukrainaning “Azov” polki feldsheri Jon Xarding Ukrainadagi urush paytida Rossiya tomonidan asirga olingan, deb xabar bermoqda BBC News.

Foto: BBC

Foto: BBC

Xarding 2022-yilning may oyida Mariupolda, “Azovstal” zavodida qamalda bo‘lgan ukrainalik harbiylar Rossiya qo‘shinlariga taslim bo‘lishga majbur bo‘lganidan keyin qo‘lga olingan. Bu haqda Xarding Britaniya bosh vaziri Boris Jonsondan yordam so‘rab, unga o‘lim jazosi e’lon qilinishi mumkinligini aytgan videodan ma’lum bo‘ldi. Xarding DXR tomonidan nazorat qilinayotgan hududda saqlanmoqda.

Mahbusning qarindoshlari va do‘stlari BBC News’ga bu Jon Xarding ekanini tasdiqladi. Britaniya Tashqi ishlar vazirligi uning oilasi bilan bog‘lanib turibdi.

Jon Xarding “Azov” polkiga 2018-yilda feldsher sifatida qo‘shilgan. U do‘stlariga Ukraina Milliy gvardiyasida xizmat qilayotganini aytgan (“Azov” polki uning tarkibiga kiradi).

Iyun oyida ikki Britaniya fuqarosi Shon Pinner va Eyden Eslin DXRda o‘limga hukm qilindi. Ular Ukraina tomonida jang qilgani uchun yollanishda ayblangan. Iyul oyida yana ikki britaniyalik Dilan Xilli va Endryu Xill yollanishda ayblangan. 10-iyul kuni, DXRda britaniyalik Pol Uri asirlikda vafot etgani ma’lum qilindi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi 
Shou-biznes
Instagram: Aeroportda dabdaba bilan kutib olingan Liil Xurramov, qo‘shiq kuylagan Abduhoshim Ismoilov, yangi raqqosalarni kashf etayotgan Yulduz Usmonova