• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Olomonga bilmay qo‘shilib qoldim”, “Qiziqib qo‘shilgandim, pushaymonman”. Nukusdagi namoyish ishtirokchilari

    Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida 2022-yilning 1-iyul kuni soat taxminan 15:00 larda boshlangan to‘polon ko‘p o‘tmay markaziy dehqon bozori yonidagi namoyishga aylandi. Shahar ko‘chalari namoyishida minglab olomon to‘plandi. Shundan so‘ng jamoat tartibi buzilishining oldini olish hamda fuqarolar tomonidan tartibbuzarliklar sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun huquqni muhofaza qilish organlarining kuch va vositalari jalb etildi.

    Shavkat Mirziyoyev 2-iyul kuni Nukusga bordi va Jo‘qorg‘i Kenges deputatlari, Qoraqalpog‘iston faxriylari va faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda prezident Konstitutsiyaning Qoraqalpog‘istonga tegishli moddalarini amaldagi tahrirda o‘zgarishsiz qoldirish zarurligini aytdi. 3-iyul kuni Shavkat Mirziyoyev yana Nukusga borib, videoselektor o‘tkazdi. Davlat rahbarining murojaatidan keyin vaziyat barqarorlashgani, hayot o‘z maromiga qaytayotgani ma’lum qilindi. Bosh prokuratura “Meni Qoraqalpoqqa bosh qilib, izimdan yurishingizni so‘rayman”, deya xalqni mitingga chorlagan bloger va boshqalarni Konstitutsiyaviy tuzumga tajovuzda aybladi.

    “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan namoyish ishtirokchilari noqonuniy mitingga bilmay qo‘shilib qolganini, ayni kunda qilgan ishidan pushaymon ekanini aytmoqda.

    “Noqonuniy namoyishga bilmasdan qo‘shilib qoldim”

    Sh.J.

    Sh.J.
    Foto: “Daryo”

    “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan Sh.J. noqonuniy namoyishga o‘zi bilmagan holda qo‘shilganini, ayni paytda pushaymonligini aytmoqda.

    “Asli Kegeylidanman. O‘sha kuni Nukusga gilam do‘koniga ishga kirish uchun kelgandim. Dehqon bozori oldida yuz bergan noqonuniy namoyishga bilmasdan qo‘shilib qoldim. Bozorga ‘marshutka’da uyga qaytish uchun borgandim. Odamlar to‘planib, ‘yuring-yuring’ deb bir-birini tortib ketishdi. Olomondagilarning hech birini tanimayman. Noqonuniy namoyish ekanligini bilgach, yig‘ilganlardan ajrala boshladim. Toshkent mehmonxonasi qarshida meni qo‘lga olishdi. Tengqurlarimga, ukalarim va singillarimga bunday qilishni tavsiya qilmayman. Ikki millat o‘rtasidagi norozichilik hech kimga kerak emas. Biz ikki tug‘ishgan xalqmiz. Bunday narsalarga aralashishni hech kimga maslahat bermayman”, — deydi Sh.J.

    “Adashdim, peshonam toshga tegdi”

    A.K.

    A.K.
    Foto: “Daryo”

    “Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarni o‘qib, ‘miting bo‘ladi’, degan gap-so‘zlar ortidan nima bo‘lar ekan deb, qiziqib, qo‘shildim. O‘sha kuni ishdan qaytayotgandim. Nukus xalqaro aeroporti qarshisida namoyishchilar bor ekan. Men ham ularga qo‘shildim. Vaqt o‘tgani sayin odamlar ko‘payib bordi. Avvaliga ikki kishi, keyin to‘rt, so‘ngra olti va shunday davom etdi. Bu darajagacha yetib boradi deb o‘ylamagandim. Keyin bilsam bu noqonuniy namoyish ekan. Ichi qora odamlarning ishi ekan. Bunday ishlarga aralashmaslik kerak ekan. Farzandlarim, oilam ko‘z oldimga keldi. Ularni sog‘indim. O‘zbek, qoraqalpoq deb millat ayirmay, bir yoqadan bosh chiqarib yashashimiz kerak ekan.

    Yovuz kuchlarning maqsadi tashqaridan kelib xalqning ichida kelishmovchilik keltirib chiqarishdan iborat ekan. Ularda xalqning boshini bir qilaylik degan maqsad bo‘lmaydi. Tinchlikni saqlash har bir fuqaroning vazifasi. Bir marta adashdik. Peshonamiz toshga tegdi. Qilgan ishlarimdan pushaymonman. Xalqimizdan, qarindosh urug‘imizdan, prezidentimizdan kechirim so‘rayman”, — deydi A.K.

    “Qilgan ishimdan pushaymonman, xalqimizdan kechirim so‘rayman”

    R.T.

    R.T.
    Foto: “Daryo”

    “Kegeyli tumanida tug‘ilganman. Hozirda Nukusda yashayman. 2-iyul kuni opamning uyiga pul olish uchun chiqqandim. Choyxonaning qarshisida namoyishga bilmay qo‘shilib qoldim. Nukus xalqaro aeroporti yonida meni qo‘lga olishdi. Aslida namoyishchilarga o‘zim bilmagan holda qo‘shilgandim. Ikki soat ular bilan yurgach, ulardan ajraldim. Ammo baribir aeroport yonida ushlashdi. Qilgan ishimdan pushaymonman. Xalqimizdan kechirim so‘rayman. Bundan buyon bu yo‘lga kirmaslikka va’da beraman”, — deydi R.T

    “Hozir o‘zimizdan uyalyapmiz, xalqimizdan, prezidentimizdan kechirim so‘raymiz”

    A.H.

    A.H.
    Foto: “Daryo”

    “Chimboy tumanida tug‘ilganman. Hozirda Nukusda yashayman. Ishdan qaytib, bozorga bordim. Bozordan chiqishda odamlar baqirayotganiga guvoh bo‘ldim. Velosipedni chekkaga qo‘yib, nima bo‘lgan ekan deb ularning yoniga bordim. Ommani ta’siri bilan olomonga qo‘shilib ketdim. O‘shanda to‘planganlar ‘Davlet (Dauletmurat Tajimuratov)ni qo‘yib yubor’, deb baqirayotgandi. Men ham ular bilmay qo‘shilib qoldim. Hozir o‘zimizdan uyalyapmiz, pushaymonmiz.

    Meni 2-iyul kuni ishlayotgan joyimdan olib ketishdi. Bir kun oldingi voqealarni telefonimga tasvirga olgandim. Hozir shunga pushaymon bo‘lyapmiz. Xalqimizdan, prezidentimizdan kechirim so‘raymiz. Qilgan ishimiz noto‘g‘riligini tushundim”, — deydi A.H.

    15.07.2022, 17:08   Izoh (0)   80967
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda elektr uzatish tarmoqlari yangi tizimga o‘tkazilishi ma’lum qilindi

    15.07.2022, 16:47

    Turkmaniston prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlandi

    15.07.2022, 16:31

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi qatorasiga yettinchi kun ko‘tarildi

    15.07.2022, 16:23

    O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi

    15.07.2022, 15:34

    Turkmanistondan O‘zbekistonga turistik oqim yanada ko‘paytiriladi

    15.07.2022, 15:27

    Tanzila Norboyeva va Serdar Berdimuhamedov parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash masalalarini muhokama qildi

    15.07.2022, 14:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Muhammad Saloh “falastinlik Pele” o‘limi tafsilotlarini aytmagani uchun UEFAni tanqid qildi

    Dunyo | 10 avgust, 10:44

    Bolgariyada cho‘kayotgan qizni qutqarmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik yigit halok bo‘ldi

    O‘zbekiston | 10 avgust, 09:31

    O‘zbekistonda malakasini oshirmoqchi bo‘lganlarga “kasb vaucheri” beriladi

    O‘zbekiston | 10 avgust, 08:52

    Yerdan 4 yarim yorug‘lik yili uzoqligida yangi sayyora va yulduz aniqlandi

    Dunyo | 10 avgust, 00:10

    “Ukraina taqdiri yevropaliklar ishtirokisiz hal qilinmasligi kerak” — Emmanuel Makron

    Dunyo | 9 avgust, 23:30

    O‘zbekistonda ish beruvchilarga qo‘yilgan ayrim talablar bekor qilinadi

    O‘zbekiston | 9 avgust, 23:01

    “An-Nassr” “Bavariya” futbolchisiga qiziqish bildirmoqda

    Sport | 9 avgust, 22:24
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.