• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Davlatga undirilgan 636 mlrd so‘mlik zarar, qaytarilgan yerlar, tadbirkorlarning tiklangan huquqlari. Bosh prokuratura yarim yillik tahlillarni e’lon qildi

    Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev rahbarligida prokuratura, bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va majburiy ijro byurosi xodimlari ishtirokida bosh prokuratura hay’atining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

    Foto: Bosh prokuratura

    Foto: Bosh prokuratura

    Videoselektor tarzida o‘tkazilgan hay’at majlisida prokuratura organlarining mamlakatda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida 2022-yil 1-yarmidagi faoliyati natijalari tanqidiy muhokama qilindi.

    Hay’at majlisida Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev ma’ruza qilib, o‘tgan yarim yilda prokuratura organlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklarga birma-bir to‘xtalib o‘tdi.

    Qayd etilganidek, prokuratura organlarining bugungi faoliyati O‘zbekiston Respublikasi prezidenti rahbarligida amalga oshirilayotgan shiddatli islohotlarni, jumladan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasini amalda ro‘yobga chiqarish, bu borada belgilangan vazifalar ijrosini so‘zsiz ta’minlash, tinchlik va osoyishtalikni saqlash, umuman, barcha sohalarda qonuniylikni mustahkamlashga yo‘naltirilgan.

    Shu maqsadda o‘tgan yarim yilda prokuratura organlari tomonidan 60 mingga yaqin nazorat hujjatlari qo‘llanilib, 100 ming fuqaroning buzilgan huquqlari tiklangan.

    Prokuror tekshirishlari va dastlabki tergov davomida aybdor shaxslardan fuqarolarga va davlat manfaatlariga yetkazilgan 636 milliard so‘mlik zararning undirilishi ta’minlangan.

    Aholini ijtimoiy muhofaza qilish, bandligini ta’minlash, muhtoj oilalarni, yoshlar va xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga oid qonunchilik ijrosini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan.

    Bevosita prokurorlar sa’y-harakati bilan qisqa muddatda 160 mingdan ortiq ehtiyojmand oilaga har tomonlama ko‘mak berilgan, qariyb 172 ming nafar ishsiz fuqaroning bandligi ta’minlangan.

    Shu bilan birga, mavjud muammolarni bartaraf qilish borasida ayrim hududlarda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqid qilinib, tadbirlarni yanada jonlantirish, ayniqsa, mahallabay ishlarni samarali tashkil etish, tegishli daftarlarga kiritilgan fuqarolar bilan manzilli ishlash bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosiga e’tiborni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

    Tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, qulay biznes muhitini yaratish masalasiga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.

    Xususan, tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish, eksport hajmini oshirish kabi iqtisodiyot rivojidagi dolzarb yo‘nalishlarda tizimli tadbirlar amalga oshirilib, 2 ming nafardan ortiq tadbirkorning buzilgan huquqlari tiklangan, 10 ming nafardan ortig‘iga muammolarini bartaraf etishda ko‘maklashilgan.

    Hay’at yig‘ilishida ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishga oid investitsiya dasturlari, shu jumladan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari ijrosi ahvoli alohida o‘rin egalladi.

    Qayd etilishicha, Bosh prokuraturada tashkil qilingan alohida shtab va ishchi guruhlar tomonidan dasturlar ijrosi qat’iy nazoratga olingan, qonun buzilishlarni, ayniqsa, ajratilgan mablag‘lardan oqilona va samarali foydalanish, talon-torojliklarning oldini olish bo‘yicha boshqa idoralar bilan hamkorlikda tizimli tadbirlar amalga oshirilmoqda.

    Yig‘ilishda yer resurslaridan samarali va oqilona foydalanishni ta’minlash masalalariga ham to‘xtalib, bu borada o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 3495 gektar yer maydonlari o‘zboshimchalik bilan egallanganligi, 1830 gektar zaxirasiga qaytarilishi ta’minlanganligi, shuningdek, 12 487 gektar yer maydonlarini talon-toroj qilish bilan bog‘liq holatlar yuzasidan 574 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligiga urg‘u berildi.

    Shu bilan birga, bu masalada prokuratura organlari zimmasiga katta mas’uliyat va javobgarlik yuklatilganligi mas’ullarga yana bir bor uqtirilib, galdagi vazifalar belgilab berildi.

    Qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish, jumladan o‘ta muhim bo‘lgan g‘allani nest-nobud qilmasdan yig‘ishtirib olish, uning joriy qilingan yangi mexanizmlar asosida realizatsiya qilinishi, hisob-kitob ishlarining o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash ishlariga jiddiy e’tibor qaratish zarurligi uqtirildi.

    Bosh prokuror o‘ta dolzarb bo‘lgan jinoyatchilikka qarshi kurashish ishlarini tashkil qilish borasidagi muammolar va yo‘l qo‘yilayotgan xato-kamchiliklarni keskin tanqid ostiga oldi.

    Huquqbuzarliklar profilaktikasi tadbirlarini yanada kuchaytirish, vaziyatning barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchining omillarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish, jinoyatga jazo muqarrarligini ta’minlashning barcha choralarini ko‘rish zarurligi qat’iy ta’kidlandi.

    Sudlarda fuqarolik, jinoiy, ma’muriy va iqtisodiy ishlar ko‘rilishida prokuror vakolatini ta’minlash masalalari ham hay’at e’tiboridan chetda qolmadi.

    Sudda prokuror vakolatini samarali ta’minlash, ayniqsa, sud ishlariga asossiz aralashishlarning oldini olish, shu bilan birga, noqonuniy sud qarorlariga nisbatan o‘z muddatida munosabat bildirib borish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab berildi.

    So‘z yuritilganidek, xalq bilan ochiq muloqot qilish, fuqarolarning qiynayotgan muammolarini hal etishga ustuvor ahamiyat qaratilib, hisobot davrida 108 mingdan ortiq murojaat bevosita prokuraturada hal etilgan va 10 ming nafardan ortiq shaxsning buzilgan huquqlari tiklab berilgan.

    Murojaatlar bilan ishlash, faoliyatga oshkoralik berish, qonun ijodkorligi, prokuratura ishiga raqamli texnologiyalarni keng joriy qilishga oid ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish lozimligi qayd etildi.

    Yig‘ilishda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Majburiy ijro byurosi faoliyati haqida ham so‘z yuritildi.

    Jumladan, hududiy prokurorlarga departament organlari bilan birgalikda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, narx-navo barqarorligini saqlashga qaratilgan tadbirlarni yana kuchaytirish, byuro zimmasiga sud va boshqa organlar hujjatlari ijrosini o‘z muddatida to‘liq ta’minlab, natijadorlikka erishish borasida aniq vazifalar belgilab berildi.

    Umuman, hay’at yig‘ilishida asosiy e’tibor prokuratura organlarining yarim yillik faoliyatida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, xato va nuqsonlar, ularni bartaraf etish choralari hamda galdagi dolzarb vazifalarga qaratildi.

    Hay’at majlisida mas’ullarning izohlari tinglanib, kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ijro muddatlari aniq ko‘rsatilgan topshiriqlar berildi.

    Barcha xodimlar xotirjamlikka berilmasdan, yuklatilgan vazifalarni to‘laqonli va so‘zsiz ijro etishlari, tashabbuskor va fidoyi bo‘lishlari shartligi qat’iy belgilandi.

    Hay’atda ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

    15.07.2022, 21:26   Izoh (0)   19093
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda bir hafta ichida go‘sht, kartoshka, piyoz, sabzi, shakar narxi oshib ketdi

    15.07.2022, 21:11

    Shavkat Mirziyoyev Samarqandda Imom Buxoriy majmuasi va Turizm markazi qurilishini ko‘zdan kechirdi

    15.07.2022, 21:10

    Qashqadaryoda tuman hokimligiga tegishli Lacetti haydovchisi qoida buzgani aniqlandi

    15.07.2022, 20:56

    O‘zbekistonda abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish muddatlari uzaytirildi

    15.07.2022, 20:46

    Qoraqalpog‘istonda yuz bergan voqealarni o‘rganish hamda ular yuzasidan mustaqil tekshiruv o‘tkazish bo‘yicha komissiya tuzildi

    15.07.2022, 20:44

    “Paxtakor” stadionida “Sevimli” telekanali jurnalistlari IIV xodimlari tomonidan kaltaklangani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    15.07.2022, 20:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp joriy etishi kutilayotgan sanksiyalar Rossiya neftiga global embargo keltirib chiqarishi mumkin

    Dunyo | 13 iyul, 16:40

    Isroil zarbalaridan bir kechada kamida 29 nafar falastinlik, jumladan, 6 nafar bola halok bo‘ldi

    Dunyo | 13 iyul, 16:15

    O‘zbekistonda sun’iy intellekt yordamida dori vositalariga bozor ehtiyojlari o‘rganilishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 13 iyul, 15:55

    Germaniya Ukrainaga yordam berish uchun Patriot raketalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi

    Dunyo | 13 iyul, 15:20

    AQSH Yaponiya va Avstraliyadan Xitoy—Tayvan o‘rtasidagi ehtimoliy urushda tutadigan pozitsiyasini ochiqlashni talab qilmoqda — FT

    Dunyo | 13 iyul, 14:50

    Toshkentda muddatli to‘lov asosida avtomashina sotuvchi MCHJ qasddan bankrot qilindi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 14:25

    Eron prezidenti Isroil havo kuchlari zarbasida jarohat olgan — OAV

    Dunyo | 13 iyul, 14:00

    Yevroittifoqning Rossiyaga nisbatan sanksiyalarini bloklab turgan Slovakiya qaroridan qaytishi mumkin

    Dunyo | 13 iyul, 13:34

    Rossiya va Belarus “an’anaviy qadriyatlarga asoslangan” sun’iy intellekt yaratmoqchi

    Dunyo | 13 iyul, 12:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.