Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanidagi bozorda o‘zganing sumkasidan pul o‘g‘irlagan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB axborot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 2022-yilning 7-iyul kuni T.M. ismli ayol tuman ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilib, bozorda sumkasidan 160 ming so‘m pulini noma’lum shaxs yashirin ravishda o‘g‘irlab ketganini bildirgan.
O‘tkazilgan tezkor qidiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni 31 yoshli A.I. ismli ayol sodir etgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Bag‘dod tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)