Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyati Buxoro shahrida 7-iyul kuni 5 nafar ayol va 2 nafar erkak bolalar o‘yingohidagi ayollarni haqoratlab, kaltaklagani haqida xabar tarqaldi. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi holatga munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, ushbu qonunbuzar shaxslar murojaatchining turmush o‘rtog‘i X.M.ni hushidan ketgancha urib ketgan.
“Hozir turmush o‘rtog‘imning ahvoli juda ham og‘ir. Bu mushtumzo‘rlarga chora ko‘rilishini so‘rayman”, — deyilgan xabarda.
Holat yuzasidan hodisa sodir bo‘lgan joy, vaqt va ishtirokchilarning shaxsiga aniqlik kiritilgan. Hozirgi kunda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)